23
tо„g„risida"gi qarori bilan tasdiqdangan "Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish
jamg„armasi tо„g„risidagi nizom"larda ham sud hokimiyatini takomillashtirish
maqsadlari qо„yilgan.
Sud hokimiyatini shakllantirishning muhim yutug„i sifatida sud tomonidan
konstitusiyaviy nazorat qilishning joriy etilganligi alohida e‟tiborga loyiq.
Ta‟kidlash joizki, sudning huquqni qо„llaydigan subyekt sifatida asosiy vazifasi
odil sudlovni amalga oshirish orqali Konstitusiya va qonunlar ustuvorligini
ta‟minlashdir. Davlat mustaqil sud hokimiyatiga ega bо„lgandagina mustaqil va
xolis bо„lishi mumkin. Konstitusiyaviy nazorat qilish vazifasining amalga
oshirilishi davlat hokimiyatining boshqa tarmoqlariga, ular tomonidan qabul
qilingan qarorlarni bekor qilish orqali ta‟sir etishga imkon beradi.
О„zR Konstitusiyasining 107-moddasiga muvofiq, О„zbekistonda quyidagi
uchta kichik tizimni о„z ichiga olgan sud tizimi tashkil etilib, u о„z faoliyatini
amalga oshirmoqda:
1.О„zR Konstitusiyaviy sudi.
2.О„zR Oliy sudi, Qoraqalpog„iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari
bо„yicha oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari bо„yicha viloyatlar va Toshkent
shahar sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari bо„yicha tumanlararo, tuman, shahar
sudlari, shuningdek, harbiy sudlardan iborat bо„lgan umumiy yurisdiksiya sudlari.
Harbiy sudlar tizimi, о„z navbatida, О„zR Oliy sudi Harbiy xay‟ati, О„zR Harbiy
sudi, okrug va hududiy harbiy sudlardan iborat.
3.Xо„jalik sudlari. Mazkur sudlar О„zR Oliy xо„jalik sudi, Qoraqalpog„iston
Respublikasi xо„jalik sudi, viloyatlar va Toshkent shahar xо„jalik sudlaridan
iborat.
Dostları ilə paylaş: