2-sinf uchun ona tili fanidan dars ishlanmasi Sana : Mavzu: Bir mavzuga oid rasmlar yordamida hikoya tuzish va yozish. Darsning maqsadlari



Yüklə 82,27 Kb.
səhifə4/7
tarix24.10.2023
ölçüsü82,27 Kb.
#130890
1   2   3   4   5   6   7
ona tili 5

Ona tili 2-sinf
Mavzu: Shaxs va narsaning belgisini bildirgan so`zlar.
Darsning maqsadi:
1.Ta`limiy: Shaxs va narsaning belgisini bildirgan so`zlar yuzasidan o`quvchilar bilimini mustahkamlash.Qarama-qarshi ma`noli so`zlar haqida ma`lumot berish.
2.Tarbiyaviy: O`quvchilarda ahillik,hamjihatlik fazilatlarini tarbiyalash.Tabiatni sevishga,ardoqlashga o`rgatish.
3.Rivojlantiruvchi: O`quvchilarda og`zaki va yozma savodxonlikni o`stirish,imloviy va chiroyli yozuv malakalarini rivojlantirish.
Dars turi: Bilim,tushinchalarni mustahkamlovchi dars.
Dars metodi: O`g`zaki bayon,savl-javob,kichik guruhlarda ishlash,ta`limiy o`yinlar.
Darsni jihozlash: Mavzuga doir ko`rgazmali,tarqatmali materiallar,didaktik o`yinlar uchun tarqatma kartochkalar.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism: Salomlashish,navbatchi axboroti,davomatni aniqlash.
II. Uy vazifasini tekshirish.
223-mashq “Do`stimga ishonaman” usulida tekshiriladi.
III. Yangi dars bayoni:
O`qituvchi: Bugungi darsimizda shaxs va narsa belgisini bildirgan so`zlar haqidagi bilimlarimizni mustahkamlaymiz.Bunda biz “Gullagan daraxt” ta`limiy o`yinidan foydalanamiz.Hozir qanday fasl?
- Bahor fasli.
- Bahorda qanday o`zgarishlar bo`ladi- Kunlar isiydi.Maysalar ko`karadi,qushlar uchib kelishadi,daraxtlar kurtak yozib gullaydi.

Gap nima?
- Bolajonlar qarang bu daraxt gullamabdi,biz uning gullashiga yordam berishimiz zarur.Buning uchun avvalo quyosh yuzini to`sib turgan bulutlarning savollariga javob berishimiz zarur:



So`z nima?

Alifbo nima?

Undosh tovushlar qanday talaffuz qilinadi?

Mening onam mavzusida matn tuzing

Unli tovushlar qanday talaffuz qilinadi?
O`qituvchi: Mana bulutchalarning savollariga javob berib ularni tarqatdik.Endi quyosh nur sochib daraxtimiz gullay boshlaydi.

Qaysi tovushlar bo`g`in hosil qiladi?

Bugungi darsimizda shaxs va narsa belgisini bildirgan so`zlar haqida bilimlarimizni mustahkamlaymiz.Belgi deganda nimani tushunasiz?


O`quvchilar: Belgi deganda shaxs va narsaning rangi,ma`za tam,shakli,hajmi,xil xususiyatini tushunaiz.
2.Shaxs va narsa belgisini bildirgan so`zlar qanday so`roqlarga javob bo`ladi?
- Qanday? Qanaqa? so`roqlariga javob bo`ladi.Masalan:
Qanday? Mehribon buvi.
Qanaqa? Shirin so`z.
- Mana daraxtimiz ham gullay boshladi.
Daraxtga savollarga to`g`ri javob bergan o`quvchilar gul yopishtiradilar.
Darslikdagi 224-mashq yozma bajariladi.O`quvchilar doskada tasvirlangan hayvonlarga xos belgilarni mosini qo`yib,hayvonlarni tasvirlab yozadilar.
(Qanday?) Kichkina,chaqqon,malla olmaxon.
(Qanday?) Kulrang,ochko`z bo`ri.
(Qanday?) Oppoq quyon.
(Qanday?) Sariq,ayyor tulki.
Chiroyli va xatosiz yozgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.
Dam olish daqiqasi: “Vatan” qo`shig`I eshittiriladi.Qo`shiqda Vatan so`ziga berilgan ta`rif e`tiborga olinadi.
Qanday? Mehribon,jonajon,yagona,parvona,jannatmakon Vatan.
Bepayon orzular,shodon bolalik.
Darslikdagi 225-mashq bajarilib,shaxs va narsaning belgisini bildirgan so`zlar orasida qarama-qarshi so`zlar borligi tushuntiriladi.
225-mashq.
Rangiga ko`ra: Ko`mir qora,bo`r oq.
Mazasiga ko`ra: Garimdori achchiq,qand esa shirin.
Shakliga ko`ra: Qarg`a kata,chumchuq esa kichkina.
O`qituvchi: Shaxs va narsa belgisini bildirgan so`zlarni biz ko`proq topishmoqlarda qo`llaymiz.Masalan:
Suvi qizil, baliqlari qora (Tarvuz).
Qani shunday topishmoqlardan aytib ko`raylikchi.O`quvchilar topishmoqlardan aytib,undagi narsalarning belgisini bildirgan so`zlarni aniqlaymiz.So`ngra o`quvchilarning e`tibori multimediya ilovasiga qaratiladi.Narsaning belgisiga qarab topishmoqning javobini toping:
Usti yo`l-yo`l,sariq,ko`k
Beqasamga o`xshaydi.
Shirinligi til yorar
Hidi o`tkir,bo`yi past.

Usti qanday? yo`l-yo`l


Rangi qanaqa? sariq,ko`k
Hidi qanday? o`tkir
Bo`yi qanday? past.
IV. Darsni mustahkamlash.Ta`limiy o`yin “Beshinchisi ortiqcha”.Bunda o`quvchilar guruhlarga bo`linib ularga alohida topshiriqlar beriladi.



Yüklə 82,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin