3-mavzu. Bozor muvozanati modellari. Talab va taklif elastikligi


Talabning narx elastikligi va uning omillari



Yüklə 1,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/16
tarix04.06.2022
ölçüsü1,31 Mb.
#116610
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
3 mavzu

Talabning narx elastikligi va uning omillari 
Talab qonuni tovar narxining tushishi talab qilinadigan miqdorning oshishiga olib 
kelishi ifodalaydi. Talabning narx elastikligi - talab qilinadigan miqdor qancha 
bo’lganda narx o’zgarishiga javob berishini o’lchaydi. Agar talab qilinadigan miqdor 
narx o’zgarishiga katta miqdorda ta’sir qilsa, tovar uchun talab elastik deyiladi. Agar 
1
Ushbu mavzu G. Menkyuning “Mikroiqtisodiyot tamoyillari” (N. Gregory Mankiw “Principles of Microeconomics” 7 e.) 
kitobining V bobi asosida tayyorlangan. 89-111 bet 


talab qilinadigan miqdor narx o’zgarishiga kichik miqdorda ta’sir qilsa, talab noelastik 
deyiladi.
Har qanday tovar uchun talabning narx elastikligi narx oshganda iste’molchilar 
kamroq tovar sotib olishga qay darajada tayyor ekanliklarini o’lchaydi. Elastiklik 
iste’molchi afzal ko’radigan iqtisodiy, ijtimoiy va psixologik kuchlarga ta’sir etadi. 
Tajribaga asoslangan holda talabning narx elastikligini qanday omillar belgilab berishi 
haqidagi ba’zi umumiy qoidalarni ko’rib chiqamiz.
O’rin bosuvchi tovarlarning mavjudligi. O’rin bosuvchi tovarlar ko’proq 
elastik bo’ladi, chunki haridor uchun bu tovardan boshqa tovarga o’tish ancha oson. 
Masalan, saryog’ va margarin oson o’rin almasha oladi. Saryog’ narxining kichik 
miqdorda o’sishi margarin narxiga e’tiborimizni qaratadi va sotib olinadigan saryog’ 
miqdorining kamayishiga sababchi bo’ladi. 
Teskari ravishda, tuxumning o’rin bosuvchisi bo’lmaganligi sababli tuxum uchun 
talab saryog’nikiga qaraganda deyarli elastik emas. 
Qulay hayot kechirishga teskari muhumlik. Qulay hayot kechirishda elastik 
talab bo’lganligiga teskari ravishda muhimlik noelastik talabdir. Shifokor ko’rigining 
narxi oshgani bilan insonlar shifokor qabuliga yozilishni kamaytirishmaydi, hatto 
kamroq borishi mumkin bo’lsa ham. Bunga teskari ravishda talab qilinadigan qayiqlar 
miqdorining kamaytirishga olib keladi. 
Bunga sabab ko’pchilik odamlar shifokor qabuliga muhimlik sifatida qayiqlarni 
esa qulay hayot kechirish sifatida baholaydi albatta. Tovar muhimlik yoki qulaylik 
sifatida baholanishi nafaqat tovarning vaqtinchalik ma’lumotiga, balki sotuvchining 
afzalliklariga ham bog’liq. Bunga ahamiyat bermaydigan qiziquvchi dengiz suzuvchisi 
uchun qayiqlar noelastik, doctor uchun qulaylik va elastik talab bo’ladi.
Elastiklik - talab qilinadigan yoki taklif qilinadigan miqdorning uning omillaridan 
biriga ta’siring o’lchovi.
Talabning narx elastikligi - tovarning talab qilinadigan miqdori, shu tovarning 
narxiga qay darajada ta’sir qilishini o’lchaydi va talab qilinadigan miqdorning o’zgarish 
foizi narxning o’zgarish foiziga nisbati bilan aniqlanadi. 

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin