3-mavzu. Bozor muvozanati modellari. Talab va taklif elastikligi



Yüklə 1,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/16
tarix04.06.2022
ölçüsü1,31 Mb.
#116610
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
3 mavzu

 
3.2-rasm. Umumiy daromad 
Umumiy daromad. Xaridorlar tomonidan to’langan barcha to’lovlar sotuvchilar 
uchun daromad hisoblanib, talab egri chizig’I ostidagi chegaraga teng bo’ladi, ya’ni 
PxQ. Bu yerda mahsulot narxi 4 $ va unga talab hajmi 100 tani tashkil etib, umumiy 
daromad 400 $ ni tashkil etadi. 
Elastiklik va chiziqli talab egri chizig’i bo’ylab umumiy daromad 
Keling elastiklikning 4-rasmda ko’rsatilgandek talab egri chizig’i bo’ylab qanday 
o’zgarishini tekshirib ko’ramiz. Biz bilamiz to’g’ri chiziq o’zgarmas qiyalikka ega. 
Qiyalik “muddat o’tgan sari o’sish” deb belgilanadi, ya’ni narxdagi o’zgarishning 
(o’sish) miqdordagi o’zgarishga (muddat) nisbati. Bu alohida olingan talab egri 
chizig’ining qiyaligi o’zgarmasdir, chunki narxdagi har 1 dollarning o’sishi talab 
miqdoridagi bir xil 2 birlik kamayishiga sabab bo’ladi.
Chiziqli talab egri chizig’ining qiyaligi o’zgarmas bo’lsa ham, elastiklik bunday 
emas. Bu to’g’ri,chunki qiyalik 2 ta o’zgaruvchidagi o’zgarishlarning nisbati, elastiklik 
esa 2 ta o’zgaruvchidagi foiz o’zgarishlarining nisbati. Buni siz 4-rasmdagi jadvaldan 
ko’rishingiz mumkin. Jadval talabning narx elastikligini hisoblashda o’rta nuqtalar 
usulidan foydalangan. Past narx va ko’p miqdor uchrashgan nuqtada talab egri chizig’i 
noelastik. Yuqori narx va kam miqdor uchrashgan nuqtada talab egri chizig’i elastik. 
Jadvalda, shuningdek, talab egri chizig’idagi har bir nuqtada umumiy daromad 
ko’rsatilgan. Bu sonlar umumiy daromad va elastiklik o’rtasidagi aloqadorlikni 
bildiradi. Masalan, narx 1$ bo’lganda, talab noelastik va narxning 2$ ga ko’tarilishi 
umumiy daromadni oshiradi. Narx 5$ bo’lganda, talab elastik va narxning 6$ ga 
ko’tarilishi umumiy daromadni qisqartiradi. 3$ va 4$ orasida, talab birga teng elastik 
bo’ladi va bu ikki narxda umumiy daromad bir xil bo’ladi. 
3.3-rasmda, narx o’zgarganda umumiy daromad qanday o’zgarishi keltirilgan.

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin