3-mavzu. Bozor muvozanati modellari. Talab va taklif elastikligi



Yüklə 1,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/16
tarix04.06.2022
ölçüsü1,31 Mb.
#116610
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
3 mavzu

3.2.Taklif elastikligi 
Taklifning narx elastikligi va uning aniqlovchilari 
Taklif qonuni shuni ko’rsatadiki, yuqori narx taklif miqdorini oshiradi. Taklifning 
narx elastikligi narxdagi o’zgarishga qancha taklif miqdori o’zgarishini ifodalaydi. Agar 
taklif narx o’zgarishiga sezilarli darajada javob qaytarsa, tovar taklifi elastik deyiladi. 
Agar taklif narx o’zgarishiga biroz javob qaytarsa, tovar taklifi noelastik deyiladi.
Taklifning narx elastikligi ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqargan tovarlar 
miqdori o’zgarishiga bog’liq. Masalan, sohil bo’yi yerlari noelastik taklifga ega, chunki 
ularni ko’proq ishlab chiqarish deyarli imkonsizdir. Bunga zid holda, kitob, mashina va 
televizor kabi tovarlar elastik taklifga ega, chunki ularni ishlab chiqaruvchi firmalar 
yuqori narxlarga javoban o’z faoliyatlarini uzoqroq davom ettirishadi.
Ko’plab bozorlarda, taklifning narx egiluvchanligining asosiy aniqlovchisi 
vaqtdir. Taklif qisqa muddatdan ko’ra uzoq muddatda elastikroq bo’ladi. Qisqa muddat 
mobaynida, korxonalar ishlab chiqarish ko’lamini birdaniga oshira olmaydilar. Demak, 
qisqa muddatda, taklif miqdori narxning o’zgarishiga kamroq javob qaytaradi. Bunga 
zid holda, uzoq muddatda yangi zavodlar qurishi yoki eskilarini yopishi mumkin. 
Bundan tashqari bozorga yangi korxonalar kirishi va eskilari tugatilishi mumkin. 
Demak, uzoq muddatda taklif miqdori narx o’zgarishiga sezilarli javob qaytaradi. 
Taklifning narx elastikligini hisoblash 
Biz taklifning narx elastikligi haqida boshlang’ich ma’lumotga ega bo’ldik, endi 
chuqurroq yondashamiz. Taklifning narx elastikligi taklif miqdorining foizdagi 
o’zgarishini narxning foizdagi o’zgarishiga nisbati shaklida hisoblanadi, ya’ni: 
Misol uchun, faraz qiling 1 qadoq sut narxi 2.85$ dan 3.15$ ga ko’tarilishi sutchi 
fermerlarning mahsuloti ko’payishiga sabab bo’ladi, oyiga 9000 qadoqdan 11000 ga 
qadoqqa. Narxning foizdagi o’zgarishi = (3.15-2.85)/((2.85+3.15)/2)* 100=10% 
Taklifning foizdagi o’zgarishi=(11000-9000)/((11000+9000)/2)*100=20%. 
Bu vaziyatda taklifning narx elastikligi = 20% / 20% = 2ga teng. Bu ko’rsatkich 
taklif miqdori narxga nisbatan 2 marta o’zgarganini bildiradi. 



Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin