Narx o’zgarishining umumiy daromadga ta’siri (mahsulot miqdori va narx) talab
elastikligiga bog’liq. a chizmada takab egri chizig’i noelastik. Bunday holatda narxning
oshishi, kichik miqdorda talab hajmining kamayishiga olib
keladi shuning uchun jami
daromad oshadi. Bu yerda narxning 1 $ dan 3 $ ga ko’tarilishi talab hajmining 100 da
80 ga pasayishiga sabab bo’lgan. Jami daromad 100 $ 240 $ ga ko’tarilgan. b chizmada
talab egri chizig’i elastik. Bunday holatda narxning oshishi talab hajmining ko’proq
kamayishiga olib keladi. Bu yerda narxning 4 $ dan 5 $ ga ko’tarilishi talab hajmining
50 dan 20 ga pasayishiga sabab bo’lgan. Jami daromad 200 $ dan 100 $ ga kamaygan.
(a) Talab noelastik bo’lgan holat.
3.3-rasm. Narx o’zgarganda umumiy daromad qanday o’zgaradi
3.4-rasm. Chiziqli talab elastikligi
Talabning boshqa elastikliklari
Talabning narx elastikligiga qo’shimcha
ravishda, iqtisodchilar bozordagi
haridorlarning xatti-harakatini tasvirlash maqsadida elastiklikning
boshqa turlaridan
ham foydalanishadi.
Talabning daromad elastikligi
Talabning daromad elastikligi iste’molchi daromadi o’zgarganda talab
miqdorining qanday o’zgarishini bildiradi. Bu talab miqdorining foizdagi o’zgarishini
iste’molchilar daromadining foiz o’zgarishiga nisbati shaklida hisoblanadi, ya’ni:
4-bo’limda
muhokama qilganimizdek, ko’plab tovarlar normal tovarlardir:
Yuqori daromad talab miqdorini oshiradi. Chunki talab va daromad bir xil yo’nalish
bo’yicha harakatlanadi, normal tovarlar ijobiy daromad elastikligiga ega. Ba’zi tovarlar,
misol uchun avtobusda qatnash, past mavqeli tovarlar hisoblanadi: yuqori daromad talab
miqdorini kamaytiradi. Chunki talab va daromad qarama-qarshi yo’nalishda
harakatlanadi, past mavqeli tovarlar salbiy daromad elastikligiga ega. Hatto normal
tovarlar o’rtasida ham daromad elastikliklari hajm jihatdan sezilarli darajada o’zgaradi.
Oziq-ovqat va kiyim kabi zaruriyatlar kichik daromad elastikligiga ega bo’ladi, chunki
iste’molchilar daromadlari past bo’lganda ham bu tovarlarning ba’zilarini sotib olishni
tanlaydilar. Qimmatbaho taqinchoqlar kabi hashamat
tovarlar katta daromad
elastikligiga ega bo’ladi, chunki iste’molchilar daromadlari juda ham past bo’lganda
ham ularsiz ish qila olishligini bilishadi
Talabning narxlar kesishgandagi elastikligi
Talabning narxlar kesishgandagi elastikligi bir tovarga bo’lgan
talab miqdori
boshqa bir tovarning narxidagi o’zgarishiga munosabati qanday bo’lishini ifodalaydi.
Bu 1-tovarga bo’lgan talabning foizdagi o’zgarishi 2-tovar narxining foizdagi o’zgarishi
nisbati shaklida hisoblanadi, ya’ni:
Bu elastiklik manfiy yoki musbat songa ega bo’lishi
tovarlarning bir-birini
to’ldiruvchisi yoki o’rnini bosishiga bog’liq. Masalan, hot dog narxining oshishi
odamlarni gamburger olishga undaydi. Chunki hot dog narxi va gamburgerga bo’lgan
talab bir xil yo’nalish bo’yicha harakatlanadi, narxlar kesishishidagi elastiklik ijobiydir.
Bu misol bir-birini o’rnini bosadigan tovarlar uchun xosdir. Endi bir-birini to’ldiradigan
tovarlarni ko’rib chiqamiz. Masalan, kompyuter va dasturiy ta’minot bir-birini
to’ldiradi. Bu holda elastiklik salbiy bo’ladi. Chunki kompyuter narxining oshishi
dasturiy ta’minotga bo’lgan talabning qisqarishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: