TUSHUNCHANING MAZMUNI VA HAJMI TUSHUNCHANING MAZMUNI -bu narsa va hodisalarning tushunchada aks etgan muhim belgilarining yig‘indisidir. TUSHUNCHANING HAJMI - bu uning mohiyatini tashkil etuvchi predmetlarning yig‘indisidir.
TUSHUNCHA HAJMI VA MAZMUNI О‘RTASIDAGI TESKARI NISBAT QONUNI
Tushunchalarning hajmi va mazmuni о‘rtasidagi teskari nisbat qonuni – narsa va hodisalarning faqat bir xildagi jins va tur guruhlariga oid munosabatlardagina amal qilinib, unga kо‘ra tushunchalar hajmining kengayishi ular mazmunining mavhumlashuviga, hajmning qisqarishi esa mazmunning boyishiga olib keladi.
Masalan:
«Jinoyat» tushunchasi – hajmi keng, mazmunini ifodalovchi muhim belgilari ham nisbatan mavhum.
Nol tushunchalar – insoniyat tajribasida uchramagan, fanda qayd etilmagan narsa va hodisalarni ifodalovchi hajmsiz tushunchalardir.
Yakka tushunchalar – ayrim, alohida predmet, hodisa va jarayonlarning umumiy va muhim tomonlarini aks ettiradi.
Umumiy tushunchalar – bir yoki bir necha guruh narsa va hodisalarning muhim, umumiy tomonlarini aks ettiruvchi tushunchalardir.
Tо‘planma tushunchalar – bir tо‘plam, bir guruh predmetlarning bir butun yaxlit holatda aks etishidir.
Chegaralangan tushunchalar – tushunchalarning narsa va hodisalarni hisoblash imkoniyatini vujudga keltiruvchi xislatga ega bо‘lishi.Chegaralanmagan tushunchalarda tarkibidagi narsa va hodisalarning son-sanoqsiz holati namoyon bо‘ladi.
TUSHUNCHA MAZMUNIGA KО‘RA TURLARI
Aniq tushunchalar – obyektiv borliqdagi moddiy holatda mavjud bо‘lgan narsa va hodisalarni real aks ettiruvchi tushunchalardir.
Mavhum tushuncha, deb narsa va hodisalarni sifatlari yoki munosabatlarining belgisi predmetning о‘zidan ajratilib, mustaqil holda aks etuvchi tushunchalarga aytiladi.
Ijobiy tushunchada esa narsa va hodisalarga xos sifatlarning mavjudligi ifodalanadi.
Narsa va hodisalarga muayyan sifatlarning mansub emasligi salbiy tushunchalarda qayd qilinadi.
Nisbatli tushunchalar – buyumlarning о‘zga buyumlar bilan muayyan aloqadorlikda mavjud ekanligini ifodalaydi.
Nisbatsiz tushunchalar – buyumlarning mustaqil mavjudligini ifoda etadi.