Hajmlari bir-biriga tо‘la teng keladigan tushunchalar ayniyat munosabatidagi teng ma’noli tushunchalardir. Masalan: О‘zbekiston poytaxti va О‘rta Osiyodagi eng katta shahar tushunchalarining о‘rtasida ayniyat munosabati bor. Chunki har ikkala tushunchada ham bir predmet – «Toshkent shahri» ifodalanayapti. Ayniyat munosabati hajmlari teng, biroq mazmuni har-xil bо‘lgan tushunchalar о‘rtasidagi munosabatdir.
2. Tobelik (bо‘ysunish) munosabati.
Bir tushunchaning hajmi boshqasining hajmini bir qismi sifatida о‘z ichiga olsa, bunday tushunchalar о‘rtasida bо‘ysunish munosabati mavjud bо‘ladi. Masalan: terak va daraxt, О‘zbekiston va Respublika, Oliy о‘quv yurti va IIV Akademiyasi.
3. Qisman mos kelish (kesishganlik) munosabati.
Qisman mos kelish munosabatida tushunchalar mazmuni jihatidan har xil bо‘lsa-da, ularning hajmlari bir-biriga qisman mos keladi. Masalan: Oliy о‘quv yurti о‘qituvchilari va fan doktorlari. Bunda Oliy о‘quv yurti о‘qituvchilarining bir qismi fan doktorlari yoki aksincha, fan doktorlarining bir qismi Oliy о‘quv yurti о‘qituvchilaridir.
SIG‘ISHMAYDIGAN TUSHUNCHALAR
Qarama-qarshi munosabatdagi tushunchalar bir-biriga hajmi jihatidan teskari va qarama-qarshidir. Masalan: «achchiq – shirin», «ijobiy – salbiy», «oq – qora», «baland – past» kabilar.
Zidlik munosabatidagi tushunchalar. Zidlik munosabatidagi tushunchalar bir-birlarini inkor qiladi, lekin inkor qilingan tushuncha noaniq holda qoladi. Masalan: baland, baland emas, keng, keng emas, jinoyatchi, jinoyatchi emas о‘rniga nimaligi noaniq.
О‘zaro tobelik munosabati. О‘zaro tobelik munosabatida ikki yoki undan ortiq tushunchalar bir tushunchaning hajmiga kiradi. Masalan: «chiziq» tushunchasiga «egri chiziq», «tо‘g‘ri chiziq», «siniq chiziq» tushunchalari kiradi. «Jinoyat», «о‘g‘rilik», «qotillik» tushunchalarining о‘rtasida о‘zaro tobelik munosabati mavjud.