6 olmosh ravish fe’l olmosh



Yüklə 93,03 Kb.
səhifə2/48
tarix01.01.2022
ölçüsü93,03 Kb.
#107545
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
2 5208808312203643257

1. Ko‘rsatish olmoshlari oldingi gap, gapdagi biron-bir so‘z, so‘z birikmasi o‘rnida qo'llanilib, unga ishora qiluvchi yoki biror so‘zni aniqlab keluvchi olmoshlardir. So‘z ma’nosini aniqlab keluvchi olmoshlar o‘zi aniqlayotgan so‘zdan oldin qo‘llanadi. Masalan: Bu daftar meniki. So‘z ma’nosiga ishora qiluvchi olmoshlar esa o‘zi ishora qilayotgan so‘zdan keyin qo‘llanadi. Said yaxshi odam, о‘shaning uyiga boramiz.

Bu, shu, u, o‘sha, ana, mana, ushbu kabi so‘zlar ko‘rsatish olmoshlari sanaladi. Yozuvda manа shu, mana bu, ana bu, ana shu olmoshlari ajratib yoziladi. Ba’zan bu olmoshlar og‘zaki nutqda manavi, anavi tarzida talaffuz qilinishi va shunday yozilishi mumkin.

Egalik, kelishik hamda -day,-dek,-aqa,-cha qo‘shimchalari qo‘shilganda, asos bilan qo‘shimcha o’rtasiga bir n tovushi orttirib talaffuz qilinadi va shunday yoziladi. Masalan: bunim, uningiz,shunday, o'shanaqa, buncha.

Ba’zan bir ko‘rsatish olmoshiga birdan ortiq egalik qo‘shilishi mumkin: bunisi, shunisi.

Ko‘rsatish olmoshi gapda barcha gap bo‘lagi vazifasida qo‘llana oladi. Ko‘rsatish olmoshi sodda, qo‘shma, takror va juft qo‘llanadi.



Yüklə 93,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin