6 olmosh ravish fe’l olmosh


KO‘MAKCHI FE’LNING MA’NOLARI



Yüklə 93,03 Kb.
səhifə48/48
tarix01.01.2022
ölçüsü93,03 Kb.
#107545
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
2 5208808312203643257

KO‘MAKCHI FE’LNING MA’NOLARI
1.Harakatning bajarilish davomiyligi: yotmoq, yurmoq, turmoq ko’makchi fe’llari ravishdoshning -(i)bshakliga qo'shilib, harakatning davomiyligini bildiradi.Masalan: o'qib yuribdi(o’qish harakati davom etyapti), suv oqib turibdi(oqish harakati davom etyapti), o’ylanib yotibdi.

2. Harakatning bajarilish imkoniyati: olmoq fe’li ravishdoshning-a,-yshakliga qo'shilib, harakatni bajarishga imkoniyat mavjudligi ma’nosini ifodalaydi. Zarina inglizcha gapira oladi. Yurak o’zgalar fikrini o’qiy oladi.

3.Harakatning tez va oson bajarilishi: yubormoq, tashlamoq, qo‘ymoq ko’makchi fe’llari harakatning tez va oson bajarilishini ifodalaydi: gapirib yubormoq, aytib qo’ymoq, o’qib tashlamoq.

4. Harakatning to'la bajarilishi:chiqmoq, bo'lmoq ko'makchi fe’li ravishdoshning-(i)b shakliga qo'shilib, harakatning to‘la yakunlanganini bildiradi: o’qib chiqmoq, o’qib bo’lmoq, haydab bo’lmoq.

5. Harakatning boshlanishi: ravishdoshning -a,-y shakliga qo‘shiluvchi boshlamoq ko’makchi fe’li harakatning boshlanishini ifodalaydi:hayday boshlamoq, gapira boshlamoq.

6. Harakatning boshlanishi va shu xilda davom etishi:ketmoq ko'makchi fe’li ravishdoshning-(i)b shakliga qo’shilib, harakatning boshlanib davom etishini ifodalaydi: jim bo’lib ketmoq, ko’risha ketdi.

7. Harakatning to'la bajarilishi kuchli darajada yuz berishi:ketmoq ko‘makchi fe’li ravishdoshning-(i)b shakliga qo’shilib, harakatning to’la bajarilishi kuchli darajada yuz berishini ifodalaydi: sevinib ketdi, cho’zilib ketmoq, qizarib ketdi.
Eslatma:Nisbat va bo’lishsizlik shakllari yetakchi fe’l tarkibida ham, ko’makchi fe’l tarkibida ham kelishi mumkin.

Masalan: yozdirib qo‘ydi, yozib qo‘yildi; о'qimay qo’ydi, о'qib qo'ymadi, о 'qimay qo’ymadi.

Yuqorida takidlanganidek, ko'makchi va yetakchi fe’llarga bo’lishsizlik shakli qo’shilganida ,ma’nolarda ma’lum farqlanish yuz beradi. Aytmay qo’ydi, aytib qo'ymadi, aytmay qo'ymadi.

Birinchi holatda bo’lishsiz shakl davomiy bo’lishsizlik ma’nosini, ikkinchi holatda bir martalik harakat inkorini, uchinchi holatda esa tasdiq ma'nosini ifodalaydi.

Zamon, shaxs-son qo’shimchalari faqat ko’makchi fe’llarga qo'shiladi.


Qo’shma fe’llarni ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasidan farqlash kerak. Chunki har ikki fe’l shakli ham ikki fe’lning birikuvidan hosil bo’ladi. Farqi shuki,qo’shma fe’llarda har ikki fe’l mustaqil ma’nosini saqlagan bo’ladi, ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasida esa ikkinchi qism mustaqil ma’nosini yo’qotgan bo’ladi.

Masalan, U uyga borib keldi. Bola kitobni o'qib chiqdi. Birinchi jumlada borish harakati ham, kelish harakati ham aniq bajarilgan, ikkinchi jumlada esa o’qiganlik harakati aniq bajarilgan, lekin chiqdi fe’li o’z ma’nosini yo’qotib, tugallanganlik harakatini ifodalayapti( ya’ni kitobni o’qib tugatdi degan ma’no ifodalagan).pl ma’nosini yo’qotgan bo’ladi.



Yüklə 93,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin