-la, -a qo‘shimchalari ot,sifat,undov so‘zlardan, -(a)y, -i, -sira, -sa qo‘shimchalari ot va sifatlardan, ba’zan ravishlardan, -(a)r qo‘shimchasi sifatlardan, -illa, -ira qo‘shimchalari taqlid so‘zlardan fe’l yasaydi.
–sira qo‘shimchasi sen, siz olmoshlaridan ham fe’l yasaydi.
Fe’l yasovchi -a qo’shimchasi о’yin, qiyin kabi ikki bo’g’inli so’zlarga qo’shilganda bu so’zlarning ikkinchi bo’g’inidagi i unlisi talaffuzda tushib qoladi va shunday yoziladi: qiyna, о 'yna.
Fe’l yasovchi -ay qo’shimchasi past, sust so’zlariga qo'shilganda, bu so’zlar oxiridagi t talaffuzda tushib qoladi va shunday yoziladi: pasay, susay.
Fe’l yasovchi -illa qo’shimchasi tarkibida u unlisi yo v undoshi bo’lgan bir bo’g’inli so’zlarga qo’shilganda, -ulla tarzida aytiladi va shu holda yoziladi: guvulla, shovulla, gurulla.
Fe’l yasovchi -a,-la qo’shimchasi son, ong, ot so’zlariga qo’shilganda о tovushi a tovushiga o’zgaradi: sana, angla, ata.
Eslatma: 1. –la qo‘shimchasi fe’llarga qo‘shilsa,lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimcha hisoblanadi: quv-la,ishqa-la,sava-la. Bunday so‘zlarda –la qo‘shimchasi harakat va holatning kuchliligi va davomiyligini bildiradi. 2. Taqlid so‘zlarning hammasidan fe’l yasaladi. SO‘Z QO'SHISH BILAN FE’L YASALISHI Yasashga asos qismga yasovchi vosita sifatida aylamoq, qilmoq, etmoq, olmoq, bermoq singari so'zlar qo'shilib yangi fe’l yasalishi ham mumkin. Masalan: javob berdi, olib keldi, bayon qildi, kasal bo'ldi va hokazo.
Bunday yo‘l bilan, odatda, qo'shma fe’llar hosil bo'ladi.
Qo'shma fe’llar tarkibiga ko'ra ikki turli bo'ladi:
1) ot+fe’l tuzilishidagi qo'shma fe’llar. Masalan, tasdiq qildi, vayron bo'ldi kabi;
2) fe’l+ fe’l tuzilishdagi qo'shma fe’llar. Masalan, borib keldi, kirib chiqdi, olib keldi kabi.
Fe’ldan boshqa so'zlarga qilmoq, aylamoq, etmoq, bo'lmoq fe’llarining qo'shilishidan hosil bo'lgan qo'shma fe’llar ot+fe’l tuzilishidagi qo'shma fe’llarni hosil qiladi. Masalan,bayon qilmoq (etmoq, aytmoq),turmush qilmoq, о'sal bo'lmoq, о 'sal qilmoq, bayram qilmoq (etmoq), yangi bo‘lmoq, taraq etmoqkabi.
Ikki fe’lning o'zaro birikishidan hosil bo'lgan fe’llar fe’l+fe’l tuzilishidagi fe’llar qo'shma fe’llar sanaladi. Bunday qo'shma fe'llarning birinchi qismi fe’lning -b(-ib), ba’zan-a ravishdosh shaklida bo'ladi. Shaxs-son, zamon, bo'lishli-bo'lishsizlik singari qo'shimchalar qo'shma fe’lning ikkinchi qismiga qo'shiladi. Masalan, sotib olmoq, olib keldi (ola keldi).
Ot+fe’l tuzilishidaga qo'shma fe'llarda ikkinchi qismni tashkil etgan aylauslubiy xoslangan bo'lib, faqat badiiy uslub doirasida qo'llaniladi. Qilmoq, etmoq, bo'lmoq fe’llari esa uslubiy betaraf so'zlardir. Masalan, javob qildi, javob berdi, javob etdi, javob ayladi kabi qo'shma fe’llar o'zaro sinonimik munosabatda bo'lib, ular uslubiy jihatdangina farqlanadi. Javob ayladi badiiy uslubga xos, qolganlari uslubiy betaraf so'zlar sanaladi.