FE’LLARNING TUZILISHIGA KO’RA TURLARI
Fe’llar tuzilishiga ko’ra to‘rt xil bo’ladi: a) sodda fe’llar; b) qo’shma fe’llar; c) juft fe’llar;
d) takroriy fe’llar.
1. Sodda fe’llar bir asosdan tarkib topadi.
a) sodda tub fe’llar asos holatida ish-harakat va holatni anglatadi. Masalan: qurmoq, yurmoq, ketmoq, bildirmoq, qo'ymoq
b)sodda yasama fe’llar so’z yasovchi qo’shimchalar yordamida boshqa so’z turkumlaridan yasaladi:shod -shodlanmoq, yangi-yangilamoq, gap-gapirmoq, guv-guvullamoq, es-eslamoq, tez – tezlamoq kabi.
2. Qo‘shma fe’llar birdan ortiq asosdan tashkil topib, asoslar orasiga boshqa qo'shimchani qo’shib bo’lmaydigan, bitta so'roqqa javob bo’ladigan fe’llardir. Masalan, sayr etmoq, taq etmoq, olib ketmoq, bunyod qilmoq.
Qo’shma fe’llar quyidagicha tuzilishga ega bo’ladi:
a) ot, sifat, son, olmosh, ravish,undov va taqlid so‘zlarga qil, et, bo'l, de singari fe’llarni qo'shish bilan hosil bo'ladi: tarbiya qilmoq, eski bo’lmoq, bir bo'lmoq, yaxshi chiqmoq, kim bo‘lmoq,chirs etmoq, dod solmoq, shunday qilmoq.
b) fe’l shakllariga olmoq, kelmoq, ketmoq, chiqarmoq so’zlarini qo‘shish bilan: sotib olmoq, olib ketmoq, olib kelmoq, ishlab chiqarmoq.
Qo‘shma fe’llarning har ikkala qismi o‘zining lug‘aviy ma’nosini saqlagan bo‘ladi. Masalan: borib keldi (ham bordi, ham keldi), ikkinchi qismi o‘z ma’nosida qo‘llanilmaganda, ko‘makchi fe’lli so‘z shakli hosil bo‘ladi. Masalan: o‘qib chiqdi( o‘qidi, lekin chiqmadi, balki o‘qishni tamomladi, tugatdi).
Qo‘shma fe’l qismlari ajratib yoziladi.
3. Juft fe’llar ikki fe’l juftligidan tashkil topgan ,bitta so‘roqqa javob bo‘luvchi va gapda bitta gap bo‘lagi vazifasida keluvchi fe’llardir. Juft fe’llar ish- harakatning tez va kutilmaganda ro’y berishini ifodalaydi. Juft fe’l qismlari doimo chiziqcha bilan yoziladi. Urindi-turtindi, qo'llab-quvvatlab, qochdi- ketdi, aytdi-qo'ydi.
Oldi-berdi,bordi-keldikabi juft so’zlar ot turkumiga o’tgan so’zlar hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |