4. Miqdor-daraja ravishlari harakat va holatning bajarilishidagi miqdor-darajani bildiradigan va qancha? so'rog'iga javob bo’ladigan ravishlardir: sal, picha, xiyol, oz, ко'p, kam, ancha, xiyla, qisman, g'oyat, biroz, bir talay, jinday,nihoyatda, juda, bag'oyat, ozmuncha kabi.
Misol: Qaddini rostlab, eshikni uzoq taqillatdi. Kunduzi o'ralashib yurganlardan bu yerda qittay ham qolmagan.
5. Maqsad-sabab ravishlari harakat-holatning bajarilish sababini yoki maqsadini bildirib, nega? nima uchun? nima maqsadda? kabi so'roqlarga javob bo'ladigan ravishlardir.
Ataylab,atayin,atay,jo'rttaga.qasddan,azza-bazza kabi ravishlar maqsad ravishlari;noiloj,noilojlikdan,chor-nochor,ilojsizlikdan kabi ravishlar sabab ravishlari hisoblanib, ularning miqdori u qadar ko'p emas.
Misol: Ertalab atayin Sizni izlab kelgan edim. Bugun jo'rttaga qilganday yomg'ir ham tinmadi.
Eslatma: Ravishlarning ma’noviy turini aniqlash ba’zan nisbiylikka ega bo'ladi. Masalan, yaqinda, uzoq ravishlari harakatning bajarilish payti yoki o'rni ma’nolarini ifodalaydi. Yaqinda keldi - yaqinda joylashgan so'zlaridagi yaqinda so'zi ikkita mustaqil leksema sanaladi. 1-gapda harakatning paytini, 2-gapda harakatning o’rnini ifodalagan.
Yoki nari-beri ravishi harakatning holati va o'rnini ifodalaydi. Masalan: Partalarni nari-beri surdik (o 'rin ravishi). U nari-beri dars qildi (holat ravishi).
Tubdan, to'satdan, qo'qqisdan, rostdan, birdan, tezda, kechalari, avvallari, kechasi,
Dostları ilə paylaş: |