RAVISHLARNING MA’NO TURLARI
Ravishlar ma’nosiga ko’ra holat, payt, o'rin, miqdor-daraja, maqsad- sabab ravishlariga bo'linadi.
1. Holat ravishlari harakat-holatning qanday holda bajarilganligini bildirgan va qanday? qanaqa? qay holda? qay tarzda? so'roqlariga javob bo'luvchi ravishlardir.
Holat ravishlariga jim,yayov,chindan,qo'qqisdan,to'satdan,piyoda,majburan,tasodifan, tez,astoydil, eskicha,qatorasiga,birma-bir,yakkama-yakka,yonma-yon,birin-ketin, bafurja, qalban, xomligicha, birdan, yaqqol, yangicha, yayov,arang,zo'rg'a, mardlarcha singari so'zlar kiradi.
Misol: Tinglar edim betinim, Uzun tunlar yotib jim (H. Olimjon) 2. Ikki oshna kechki salqin bilan piyoda yo ’lga tushishdi. ( O’. Umarbekov)
Eslatma:Holat ravishlari tarkibiga kirgan qo'qqisdan, to'satdan, birdaniga, birdan singari ravishlar harakatning kutilmagan paytda tez yuzaga kelganini ifodalaydi.
To'satdan ravishi ayrim shevalarda to'sindan holida ham talaffuz qilinadi. Bunda u dialektal variant sanaladi.
Dostları ilə paylaş: |