OLMOSHLARNING GRAMMATIK XUSUSIYATLARI
1. Yasalish xususiyatga ega emas, ammo boshqa so'z turkumlarining yasalishi uchun asos bo’ladi: o'zlik (ot), sensiramoq (fe’l), o'zicha (ravish), o'zboshimcha, manman, o'zbilarmon,menbop (sifat);
2.Olmoshlar otlar kabi sintaktik shakl yasovchi (kelishik va egalik) qo'shimchalarni qabul qiladi;
3.Olmosh hech vaqt o'zidan oldin belgi ifodalovchi so'zni qabul qilmaydi;
4. Egalik va kelishik bilan o'zgarib quyidagi gap bo'laklari sifatida qo'llanadi: a) ega: U Saidiy bilan do'st edi, bu do'stlik otalarini ham munosabatdor qilgan edi; b)to'ldiruvchi: Sizni hamisha duo qilib qoluvchi bandayi ojizingiz; d) sifatlovchi aniqlovchi: Tog'asiningshuodati sabab o'g'li Haydar ham, qizi Tohira ham bu xonadondan bezib ketishdi;
g) qaratqich-aniqlovchi: Faqir Sizning xizmatingizga bel bog'lagan;c) hol:Nega muncha g’amgin nayning navosi,negaqalbim to 'la о’kinch va malol?D)ot-kesim: Bu ishlarni qilgan о'zi. Yutuqlar о’zimizniki.
Bundan tashqari, olmosh kirish so'z ham bo'lib keladi: Menimcha, bugun yomg'ir yog'adi.
Olmoshlar gapda so'zlarni o'rinsiz takrorlashdan qutqaradi, fikrni ixcham, qisqa qilib ifodalashga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: |