4. So‘roq olmoshlari shaxs, narsa-hodisa, belgi-xususiyat, miqdor, sabab, maqsad, o’rin, payt, harakat-holat haqida so’roqni bildiruvchi olmoshlardir.
So‘roq turlari
|
Olmoshlar
|
Shaxs so‘rog‘i
|
Kim?
|
Narsa so‘rog‘i
|
Nima?
|
Belgi-xususiyat so‘roqlari
|
Qaysi ? qanday?, qanaqa?
|
Payt so‘rog‘i, miqdor so‘rog‘i
|
Qachon?qachondan? qancha? necha? nechanchi?
|
Sabab-maqsad so‘rog‘i
|
Nimaga? nega? nima uchun?nima maqsadda?
|
O‘rin-joy so‘rog‘i
|
Qayer? qayerda? qayerga?
|
Harakat-holat so‘rog'i
|
Nima qildi? nima bo'ldi?
|
So‘roq olmoshlari ishtirok etgan gaplar so‘roq gap hisoblanadi. Bunday gaplar so'roq ohangi bilan talaffuz qilinadi va yozuvda gap oxiriga so'roq belgisi qo‘yiladi.
Misol:Nega uni otdami, aravadami eltib qo'ymadi? (Abdulla Qahhor) 2. Mukarrama, ular kim ekan? 3. Kechagi gaplardan keyin qaysi yuzi bilan boradi?
Nima? so'roq olmoshi ba’zan belgi- xususiyat so‘rog‘i o'rnida qo'llaniladi. Misol: Nima ishlari bor ekan?-so’radi Zulayho xola.
So'roq olmoshlari turlanganda tushum kelishigi belgili va belgisiz qo'llanadi: nima olding? – belgisiz, nimani olding? – belgili.
So‘roq olmoshi barcha gap bo‘lagi vazifasida qo'llanadi.
Dostları ilə paylaş: |