3. Juft olmoshlar bir-biriga mazmunan yaqin bo'lgan olmoshlar: u-bu, unga-bunga, sen-men, siz-biz.Kishilik va ko'rsatish olmoshlari juft holda ham ishlatiladi.
Juft olmoshlar chiziqcha bilan yoziladi.
4. Takroriy olmoshlar bir olmoshning aynan yoki ayrim tovush o'zgarishi bilan (masalan, uncha-muncha) takrorlanishidan hosil bo'ladi. Misol: shu-shu, o’sha-o'sha, kim-kim, nima-nima, o’z-o’ziga, hamma-hammaga.Ko'rsatish,o'zlik,so'roq,belgilash olmoshlari takroriy holda ham qo'llanadi.
Takroriy olmoshlar qismlari chiziqcha bilan yoziladi.
RAVISH Harakat-holatning bajarilish tarzi, payti, o'rni, daraja- miqdori, sababi, maqsadi kabi belgilarini bildiruvchi va qanday? qachon? qayer(-ga,-dan,-da)? qancha? nega?singari so'roqlarga javob bo'luvchi so'zlar ravish deyiladi. M: sekin yurmoq, tez o'qimoq, zo'rg'agapirmoq, kechasi kelmoq, ko'p gapirmoq kabi.