OLMOSHLARNING TUZILISHIGA KO'RA TURLARI
1. Sodda olmoshlar faqat bir asosdan iborat bo'lgan olmoshlardir. Masalan: Kim?, nima?, hamma, barcha singari tub olmoshlar, kimdir, qaysidir, allakim, allaqanday singari olmoshlar esa yasama olmoshlardir.
Yasama sodda olmosh qismlari qo'shib yoziladi,ular faqat gumon olmoshlarida uchraydi.
2. Qo'shma olmoshlar ikki asosdan tashkil topgan olmoshlar hisoblanadi. Tarkibida hech,bir,har qismlari mavjud bo'lgan olmoshlar qo'shma olmoshlardir. Masalan: hech kim, hech nima, har bir, har kim, mana shu, ana о'sha,bir narsa va h.k.
Qo'shma olmosh qismlari ajratib yoziladi.
Dostları ilə paylaş: |