SO'ZLARNI JUFT VA TAKROR QO'LLASH ORQALI RAVISH YASASH
So'zlarni takrorlash va juftlash yo'li bilan ravish yasalganda, ular quyidagi so'z turkumlaridan bo'ladi:
Ot-ot: (qator-qator, tun-кип, yildan yilga, es-es, chelak-chelak)
Sifat-sifat: (uzundan uzun, ochiqdan ochiq, to'g'ridan to'g'ri)
Fe’l-fe’l : (uzil-kesil, turib-turib, qo'sha-qo'sha, qo'yarda-qo'ymay, bilinar-bilinmas)
Ravish-ravish: (oldinma-keyin, nari-beri, hali-beri)
Olmosh-olmosh: (o'z-o'zidan, o'z-o'zicha, о'zidan o'zi)
Son-son: (birma-bir)
Taqlid so'z-taqlid so'z : (taqa-taq, shart-shurt)va boshqalar.
Juft va takror ravishlar boshqa so'z turkumlaridan hosil bo'lishi mumkin, buning uchun ular o'z turkumi doirasidan chiqib ravishga aylanishi kerak. Masalan: chaqqon-chaqqon, yakka-yakka, uzundan uzoq,o'z-o'zidan, vaqt- bevaqt, navbatma-navbat, bir-bir, ochiq-oydin, kecha-kunduz, eson-omon, ustma-ust, yonma-yon, es-es, chelak-chelak,qator-qator. Ushbu misollardan ko'rinib turganidek, ot, sifat, son, olmosh kabi so'z turkumlari orqali yangi so'zlar hosil bo'lgan, agar bular yakka qo'llansa ravishlik xususiyatini yo'qotadi: chaqqon, bir, yakka, uzun, o'z, kunduz, kecha, vaqt, navbat, ochiq, omon, ust, yon,es, chelak, qator.
Juft va takror ravish qismlari o'rtasiga yozuvda doimo chiziqcha qo'yib yoziladi.
Dostları ilə paylaş: |