Fe’l 5 ta nisbat shakliga ega:
1. Aniq (bosh) nisbat bajaruvchisi aniq bo‘lgan (harakatning ega orqali ifodalangan shaxs tomonidan bajarilishini) harakat yoki holatni bildiradi: o‘qidi,kelyapti. Aniq nisbatdagi fe’llarda maxsus nisbat qo‘shimchalari bo‘lmaydi. Masalan: o‘ylamoq, pishmoq, gullamoq, kulmoq, chanqamoq, varaqlamoq...
Aniq nisbat boshqa nisbatlar uchun asos vazifasini bajaradi.
2. O‘zlik nisbati bajaruvchining o‘zi ustida amalga oshadigan harakat yoki holatni ifodalaydigan fe’l shaklidir. Bunda harakatning bajaruvchi shaxs bilan harakat tushgan obyekt birlashgan holda bo'ladi.
O‘zlik nisbati shakli fe’l asosiga –(i)n,-(i)l qo'shimchalarini qo‘shish bilan hosil bo‘ladi. Unli bilan tugagan fe’l asosiga o‘zlik nisbatning-n yoki -1, undosh bilan tugagan fe’l asosiga esa -in yoki -il qo'shimchalari qo'shiladi. Masalan: tarandi, yuvindi, qiynaldi, yog‘ildi (nur yog‘ildi).
O‘zlik nisbatdagi fe’lning bajaruvchisiga kim? yoki nima? so‘rog‘i beriladi.
Misol: Kema ko'rindi (nima ko’rindi?) Do’stlarim to‘plandi (kim to'plandi?)
Eslatma: O‘zlik nisbat shakli -n ba’zi fe’l asoslariga fe’l yasovchi -la bilan yaxlitlanib, bir butunlikda birikadi va bunday fe'l aniq nisbat shakli deyiladi.Masalan: tovlanmoq, odatlanmoq, harakatlanmoq, zavqlanmoq, faxrlanmoq, otlanmoq, afsuslanmoq.
O‘zlik daraja shakli quyidagi fe’llarga qo’shilmaydi: yayra, yashna, qichqir, uxla, bor, kel, o’qi, hayda, ek, kes, sug‘or.
Ba’zi fe'llarda -i(sh) qo'shimchasi bilan o'zlik nisbati hosil bo‘ladi: kerishdi (bola qo‘lini har tomonga yoyib kerishdi), joylashdi (mehmonlar mehmonxonaga joylashdi)
Dostları ilə paylaş: |