3. Majhul nisbat bajaruvchisi noma’lum bo‘lgan harakat yoki holatni ifodalovchi fe’l shaklidir. “Majhul” so‘zi “noaniq”, “noma’lum” degan ma’noni ifodalaydi.
Majhul nisbat shakli unli bilan tugagan fe’l asosiga -n,-l; undosh bilan tugagan fe’l asosiga esa –in
,-il qo‘shimchalarini qo‘shish bilan hosil bo‘ladi: taraldi, tayyorlandi, о'qlandi, yuvildi, ekildi, bajarildi.
Majhul nisbat bajaruvchisiga kim tomonidan? so‘rog‘i beriladi.
Misol: Xat yozildi (kim tomonidan yozildi?) Omborga qovunlar osildi (kim tomonidan osildi?)
O‘zlik va majhul nisbat shakllari aynan bir xil, lekin ular harakat yoki holatning bajaruvchisi nuqtayi nazaridan farq qiladi. O'zlik nisbatida harakat-holat bajaruvchining o‘zi ustida amalga oshadi, majhul nisbatda esa bajaruvchi noma’lum bo‘ladi.Solishtiring: tarandi-taraldi, kiyindi-kiyildi, yuvindi-yuvildi, ко'rindi-ko'rildi. Yoki Ot qoqildi - o‘zlik, Mix qoqildi – majhul nisbatda.
Dostları ilə paylaş: |