6 olmosh ravish fe’l olmosh



Yüklə 93,03 Kb.
səhifə24/48
tarix01.01.2022
ölçüsü93,03 Kb.
#107545
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   48
2 5208808312203643257

5. Orttirma nisbat bajaruvchining ta’siri bilan boshqa shaxs yoki narsa tomonidan bajarilgan harakat yoki holatni (fe'l о‘zagidan ifodalangan harakatga da'vat qilingan shaxs mа’nosini ) bildiruvchi fe'l shaklidir.

Orttirma nisbat shakllari -t,-dir (-tir),-giz(-kiz),-qiz (-g‘iz),-gaz(-kaz,- qaz),-ir,-ar,-iz ,-satkabi qo‘shimchalar yordamida yasaladi.



-t: bu qo‘shimcha unli tovush bilan tugagan fe’l asoslariga qo'shiladi. Masalan, to’qit, ishlat.

-dir: bu qo‘shimcha jarangli undosh bilan tugagan fe’l asoslariga qo‘shiladi. M: yondir, kuldir, kuydir, to'ldir. Jarangsiz undosh bilan tugagan fe’l asoslariga qo‘shilganda esa -tir shaklida aytiladi va yoziladi. Masalan, о'stir, ektir (keltir so‘zi bundan mustasno).

-ir,-ar,-iz: bunday qo‘shimchalar undosh bilan tugagan bir bo‘g‘inli fe'llarga qo‘shiladi. Masalan, shoshir, chiqar, oqiz,ichir.

-giz,-g‘iz qo‘shimchalari jarangli undosh bilan tugagan fe'l asoslariga,-kiz,-qiz, -kazqo'shimchalari esa jarangsiz undosh bilan tugagan fe’l asoslariga qo‘shiladi. Masalan, yurgiz, turg'iz, yutqiz, ketkiz.

Ba’zan fe’l asosiga orttirma nisbat hosil qiluvchi qo‘shimcha birdan.ortiq qo‘shilishi mumkin. Masalan, о'qit-o'qittir, to'ldir- to’ldirg'iz, yozdir-yozdirtir.

Bunday holatda orttirma nisbat ma'nosi kuchayadi.

Bir fe’l asosiga bir necha fe’l nisbati qo‘shimchalari ketma-ket qo‘shilishi mumkin. Bunda fe’lning qaysi nisbatda ekanligi oxirgi nisbat qo‘shimchasiga qarab belgilanadi. Masalan: yuvin(o‘zlik), yuvintir (orttirma), yuvintirildi (majhul). Lekin fe’l tarkibidagi nisbat shakllari so‘ralganda, barcha nisbat qo‘shimchalari olinadi. Masalan: yuvintirildi fe’li tarkibida o‘zlik, orttirma, majhul nisbat shakllari bor.



Eslatma: Ba’zan bir nisbat ma’nosi o‘rnida boshqa nisbat shakllaridan foydalaniladi. Xususan, aniq (bosh) nisbat ma’nosida birgalik nisbat shakllari ishlatilishi mumkin. Masalan, keldi-kelishdi, kelyapti-kelishyapti. Shuningdek, bosh nisbat ma’nosida majhul nisbat shakllaridan foydalaniladi: qildim o'rniga qilindi, bajardim o'rniga bajarildi, kiring o'rniga kirilsin kabi.

Bunday holat ma’lum uslub-emotsional ma’no talabi bilan ro'y beradi. Ko'pincha keyingi holat hurmat, kamtarlik ma’nolarini ifodalaydi.

Eslatma: surishtirmoq,kuzatmoq,solishtirmoq,tuzatmoq,quvonmoq,xo‘rsinmoq, seskanmoq,o‘rgatmoq,o‘rganmoq,salomlashmoq kabi fe’llarga aniq nisbatda deb qaraladi. Fe’l asoslariga nisbat qo‘shimchalari qo‘shilganda, fonetik o‘zgarish bo‘lishi mumkin. Masalan: Ye+il= yeyildi ye+ish= yeyishdi → tovush ortishi


Yüklə 93,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin