Ega: Majlisga kelganlar bizning do'stlarimiz.
To'ldiruvchi: Fanga qiziqadiganlarni qo'llab-quvvatlaylik.
Qaratqich-aniqlovchi: Intilganlarning rizqini Xudo berajak.
Hol: Chuqur ariqdan toyimni sug'orib chiqayotganimda bir to'da uloqchi-chavandozlar uchrab qoldi.
Undalma: Charchaganlar, dam oling.
Eslatma: Ba’zan sifatdoshlar egalik qo'shimchalari bilan birikib,gapda ega vazifasida kelganda harakat nomi o'rnida qo'llana olishi mumkin. Masalan: Bahorning erta kelgani (kelishi) dehqonlarga qo'l keldi. Poyezdning kechikayotgani (kechikishi) yo'lovchilarni bezovta qildi.
4. Ravishdosh fe’lning ravishga xoslangan shaklidir. Ravishdoshlar harakatning belgisini bildirishi bilan ravishga o'xshaydi. Ravishdosh ham ravish kabi fe’lga bog'lanib, uning belgisini bildiradi. Taqqoslang: piyoda (ravish) keldi, shoshilib (ravishdosh) keldi.
Ravishdoshlar quyidagi qo'shimchalar orqali hosil qilinadi: -a // -y, - gach(-kach, -qach), -guncha
(-kuncha,-quncha),-gani(-kani,-qani,-gali), gudek(-kudek, - qudek), -(i)b, -gancha(-kancha,
-qancha).
Ravishdoshning –(i)b,-a//-y shakllari ko'proq harakatning holatini, ba’zanpayt,sababini, -gancha
Dostları ilə paylaş: |