6 olmosh ravish fe’l olmosh


FE’LLARNING MUNOSABAT SHAKLLARI



Yüklə 93,03 Kb.
səhifə34/48
tarix01.01.2022
ölçüsü93,03 Kb.
#107545
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   48
2 5208808312203643257

FE’LLARNING MUNOSABAT SHAKLLARI
Fe'l asoslariga qo'shilib, gapda kesim vazifasida qo'llanilishiga xoslovchi shakllar fe’llarning munosabat shakllari hisoblanadi.

Fe’llarning zamon, mayl, shaxs-son qo'shimchalari munosabat shakllari sanaladi. Bu shakllarga ega bo'lgan har qanday fe'l gapda kesim vazifasida keladi. Yuqoridagi ma’no va shakllardan xoli bo'lgan fe'l asosi fe'lning noaniq shakli hisoblanadi va bu shakl -moq qo’shimchasi yordamida ifodalanadi.


FE'LLARNING ZAMON SHAKLLARI VA ULARNING USLUBIY XUSUSIYATI
Fe'l asosida ifodalangan harakat-holatning uch zamondan birida sodir bo'lishini bildiruvchi shakllar zamon shakllari sanaladi.

Akademik litsey ta’rifi:

Fe'ldan anglashilgan harakatning nutq momentiga nisbatan bajarilishi yoki bajarilmaslik paytini bildiradigan shakllarga zamon shakllari, ana shunday shakllar tizimiga zamon kategoriyasi deyiladi.

Zamon turini belgilashda so'zlanayotgan nutq vaqti asosiy tayanch nuqta bo'lib hisoblanadi. Ana shunga ko'ra uch zamonga bo'linadi: 1) o'tgan zamon; 2) hozirgi zamon; 3) kelasi zamon.



1. O'tgan zamon shakllari harakat va holatning nutq so'zlanayotgan vaqtdan oldin bo'lganini bildiradi. Bu zamon shakllari fe'l asoslariga -di,-(i)b,-gan (- kan,-qan) qo'shimchalarini va ulardan so'ng shaxs-son qo'shimchalarini qo'shish bilan hosil qilinadi. Bu shakllar garchi «o'tgan zamon» umumiy ma’nosi asosida birlashsa ham, lekin ularning har qaysisi bir-biri bilan ma’lum ma’nosiga ko'ra farq qiladi.

-di qo'shimchasi bilan yasalgan o'tgan zamon shakli so'zlovchining bevosita o'zi ko'rgan harakat va holatni bildiradi.Bu qo'shimchadan so'ng shaxs-son qo'shimchasining –m, -k (qoldim,qoldik), -ng,-ngiz (qolding,qoldingiz) shakllari qo'shiladi. Misol: Oq yer ochdim, qora bug'doy sochdim.

-(i)b qo'shimchasi bilan yasalgan o'tgan zamon shakli ilgari ro'y bergan harakat va holatning so'zlovchi tomonidan eshitib bilinganini ifodalaydi va bu qo'shimchadan so'ng shaxs-son qo'shimchasining –man,-miz,-san,-siz,-di(lar) shakllari qo'shiladi. Misol: Sinf rahbarimiz Hasan aka menga bildirmay G'anini uyga yuboribdilar.


Yüklə 93,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin