MAYL SHAKLLARI Fe’l ifodalagan harakat-holat haqidagi xabar, buyruq-istak, shart ma'nolarini ifodalovchi fe’l shakllari mayl shakllari sanaladi.
Akademik litsey ta'rifi:
So'zlovchining fe’ldan anglashilgan harakat-holatiga munosabatini bildirgan fe'l shakllariga mayl shakllari, shunday shakllar tizimiga esa mayl kategoriyasi deyiladi.
Hozirgi o'zbek adabiy tilida yuqoridagi ma’nolarga muvofiq keladigan to'rt turdagi mayl shakllari mavjud.
Maktab darsligida mayl shakllari uchta deb ко'rsatiladi.Ular: xabar mayli, shart mayli, buyruq-istak mayli.
1.Xabar mayli (Ijro mayli). Harakat va holatning bajarilishi yoki bajarilmasligi haqidagi xabar, darakni ifodalovchi fe’l shakli xabar mayli shakli hisoblanadi. Xabar mayli shakli maxsus qo‘shimchaga ega emas. Zamon va shaxs-son qo’shimchalarini qabul qilgan fe’llar xabar maylidagi fe’llar sanaladi..
Misol: Bola chaqqonlik bilan о’zini suvga otdi. (S.Mengnorov) Men bu уо'ldan necha bor qishlog'imga о’tganman, lolazorning sayriga to’ya olmay ketganman. (Mirtemir) 2. Buyruq-istak mayli. Harakat va holatni bajarish yoki bajarmaslik haqidagi buyruq, istak, iltimos, maslahat ma'nolarini bildirgan fe’l shakli buyruq-istak mayli shakli sanaladi.
Bu mayli harakatni bajarishga da’vat etish ma’nosini bildiradi.