III shaxs yozsin, o‘qisin yozsin,o‘qisin Fe’lning zamon, shaxs-son qo’shimchalarisiz qismi II shaxs buvruq-istak maylini ifodalaydi. Masalan, bor, so'zla, borma kabi. Bu qismga buyruq-istak ma’nosini kuchaytirish uchun -gin qo’shimchasini qo’shish ham mumkin, shuning uchun bu ikki shakl ma’nodosh sanaladi: bor -borgin, so‘zla - so'zlagin, borma – bormagin kabi.
Ba’zan II shaxs buyruq mayli qo'shimchalari o'rniga III shaxs buyruq mayli qo'shimchasi ishlatiladi. Masalan, kiring o'rniga kirsinlar, o'tiring o'rniga o'tirsinlar. Bunday holat o'zidan katta yoki obro'li kishilarga nisbatan qo'llanilib, hurmat ma’nosi ifodalanadi. 3. Shart mayli. Boshqa bir harakat va holatning bajarilishi yoki bajarilmasligi uchun shart bo’lgan harakat va holatni, shuningdek, istak-xohishni bildirgan fe’l shakli shart mayli shakli sanaladi va u-sa qo’shimchasi yordamida yasaladi. Masalan: 1.Jahl kelsa, aql ketadi. 2. Tilakbilan yurilsa, yiroq yer ham yaqin bo'ladi.
Shart mayli edi, ekan to’liqsiz fe’llari bilan kelganda orzu-istak ma’nosini bildiradi: Talaba bo’lsam edi. Qani endi, xato qilmasang ekan. Yomg’ir tezroq tinsa edi, suvoqni yangilar edik.