6 olmosh ravish fe’l olmosh


FE’LNING VAZIFA SHAKLLARI



Yüklə 93,03 Kb.
səhifə28/48
tarix01.01.2022
ölçüsü93,03 Kb.
#107545
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   48
2 5208808312203643257

FE’LNING VAZIFA SHAKLLARI
Fe’llar gapda boshqa so‘zlar bilan bog‘lanib, kesim, ega, to‘ldiruvchi, hol, aniqlovchi vazifasida kelishi mumkin. Buning uchun fe’l maxsus shakllarga ega bo‘ladi.

Turli gap bo'laklari vazifasida kelish uchun xoslangan fe’l shakllari fe’lning vazifa shakllari sanaladi.

Fe’l gapda asosan kesim vazifasini bajaradi. Ammo gapda to‘ldiruvchi, aniqlovchi, hol, ega vazifasida kelishi uchun, albatta, harakat nomi, sifatdosh yoki ravishdosh qo‘shimchalarini qabul qilishi shart. Masalan, Nodir xat yozdi jumlasidayozdi fe’li kesim vazifasida kelgan. Endi shu fe’l gapda ega vazifasida qo‘llanishi uchun yo sifatdosh shakli -gan, yo harakat nomi shakli - ish,

-uv kabi affikslarni qabul qilishi kerak. Chunki egalik va kelishik shakllari shu affikslardan so‘ng fe’lga birikadi.

Masalan, Yozish malakani oshiradi gapida yozish fe’li nima? so‘rog‘iga javob bo‘lib, egavazifasida kelgan. Yozishni o'rgandi gapida yozishni fe’li nimani? so‘rog‘ini olib to‘ldiruvchi, Yozishning foydasi ко‘p jumlasida esa yozishning fe’li nimaning? so‘rog‘ini olib, aniqlovchi vazifasida qo‘llangan.

Fe’llarning to‘rt vazifa shakli mavjud: 1) sof fe’l shakli; 2) harakat nomi shakli; 3)sifatdosh shakli ; 4) ravishdosh shakli.


Yüklə 93,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin