6 olmosh ravish fe’l olmosh


Ayir+il= ayril qayir+il= qayril →



Yüklə 93,03 Kb.
səhifə25/48
tarix01.01.2022
ölçüsü93,03 Kb.
#107545
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   48
2 5208808312203643257

Ayir+il= ayril qayir+il= qayril → tovush tushishi

Eslatma: nisbat qo‘shimchalari lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalar hisoblanadi.
O‘TIMLI VA O‘TIMSIZ FE’LLAR
Tushum kelishigidagi so‘zlar bilan bog‘lanadigan fe'llar o’timli fe’llardir. Masalan: Mutal ko‘cha boshida tasodifan do‘stlarini uchratib qoldi. Ushbu gapda qo‘llanilgan uchratib qoldi fe’li tushum kelishigi shaklini olgan do'stlarini so’zi bilan bog‘lanib kelyapti. Misollar: o‘qimoq, yozmoq, ko‘rmoq, bilmoq, yasamoq, sindirmoq, o‘ylamoq.

Tushum kelishigidagi so‘zlar bilan bog‘lanmaydigan fe’llar o‘timsiz fe’llardir.

Masalan: Tongda yana eshik qo'ng’irog'i jiringladi. Ushbu gapda jiringladi fe’li tushum kelishigini olgan hech qanday so‘z bilan bog‘lanmagan.

Misollar:qo‘rqmoq, ketmoq, portlamoq, xursand bo‘lmoq, yugurmoq, to'planmoq.

Eslatma: O`zlik va majhul nisbat qo`shimchalari o`timli fe’lni o`timsiz fe’lga aylantiradi: so`radi - o`timli fe’l, so`raldi - o`timsiz fe’l; ko`rdi - o`timli fe’l, ko`rindi - o`timsiz fe’l.

Orttirma nisbat qo`shimchalari, aksincha, o`timsiz fe’lni o`timli fe’lga aylantiradi: kuldi - o`timsiz fe’l, kuldirdi - o`timli fe’l; yurdi - o`timsiz fe’l, yurgizdi - o`timli fe’l; uxladi - o`timsiz fe’l, uxlatdi - o`timli fe’l.



Yüklə 93,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin