10.4. Firmalar tipologiyasi va ularning rivojlanish traЕktoriyasi Firma ichki tuzilishi u yoki bu modellarining paydo bo‗lishi va tarqalishini
faqat ularning «prinsipal-agent» muammosini hal etishdagi qiyosiy samaradorligi
bilan izohlab bo‗lmaydi. Firmaning yangi ichki tuzilishini rivojlantirishga nisbatan
ehtiyoj paydo bo‗lib, biroq bu amalga oshirilmay qoladigan holat bo‗lib turishi
tabiiy.
Firmaning ichki tuzilishini tahlil qilishda nafaqat transaksiya xarajatlari
dinamikasini (birinchi navbatda monitoring xarajatlari va opportunizmni oldini
olish), balki institutlar dinamikasidagi «tarixiy shartlanganlik samarasi» kabi
tashkiliy rivojlanishning undan avvalgi traЕktoriyaga bog‗liqligini ham hisobga
olish lozim. Firmaning tashkiliy rivojlanishini tarkibiy o‗zgarishlarning alohida
traЕktoriyasi bo‗yicha harakat sifatida talqin etish mumkin. Tashkilot
rivojlanishidagi
«tarixiy shartlanganlik samarasi»ning tahlili institutlar
dinamikasini o‗rganishda ifodalangan dalillarni to‗ldirishni va qisman qayta ko‗rib
chiqishni talab qiladi.
Birinchidan, tashkilot doirasida institutsional darajada mafkura bajaradigan
funksiyalarga o‗xshash funksiyalar tashkiliy madaniyat hisoblanadi. Har qanday
tashkilotda: korxonada, kasaba uyushmasida yoki siyosiy partiyada umumiy
tarkibiy qism – tashkiliy bilim mavjud. Tashkiliy madaniyat, «prinsipal» bilan
«agent» o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlar ular asosida quriladigan me‘yorlar,
qoidalar va an‘analarda amalga oshiriladi. Tashkiliy madaniyatning talqin etish
funksiyasi u yoki bu kutilmagan holatlar sodir bo‗lganida «prinsipal» qarorlarning
asosliligini baholash uchun uning «agentlar» tomonidan foydalanilishidan iborat.
Tashkiliy madaniyat bo‗ysunuvchilarga tashkilot u yoki bu kutilmagan holatga
284
qanday munosabat bildirishi haqida tasavvur beradi. Qat‘iyroq aytadigan bo‗lsak, u
tufayli tashkilot o‗zining birxilligiga ega bo‗ladi.