Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə161/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

10.5.1-rasm. Korxonalarning turlari 
 
1. Buyruqbozlik iqtisodiyotida harakat qiluvchi korxona.
Korxonaning 
ushbu xiliga nisbatan qiziqish asosan shu bilan bog‗liqki, Rossiya va Sharqiy 
Еvropa korxonalari katta qismining ildizi buyruqbozlik iqtisodiyotiga borib 
taqaladi. Buyruqbozlik iqtisodiyotida harakat qiluvchi korxona foydani 
ko‗paytirishga emas, balki bir me‘yordagi ishlab chiqarish rejasini bajarishga 
yo‗naltirilgan. «Prinsipal» (reja organi)ning farmoyishi mutlaq xususiyatga ega 
Korxonalarning turlari 
Buyruqbozlik iqtisodiyotida 
faoliyat yurituvchi korxona (B 
korxona)
Аmerika firmasi (А firma)
oʼtish xilidagi korxona (Oʼ 
korxona)
Yaponiya firmasi (J firma)


287 
emas, balki muhokama yoki 
rejali savdo
ning predmeti hisoblanadi. Ushbu savdoda 
korxonaning ovozi ruxsatning yuqori chegarasi, normadan yuqoriga chiqish haqida 
ogohlantiradi, yuqori turuvchi organning ovozi esa ruxsatning quyi chegarasi, 
normadan quyiga og‗ish haqida eslatadi. 
Bu Еrda «prinsipal» qanday maqomga egaligi alohida tahlilni talab qiladi. 
Kommunistik mafkuraga muvofiq sotsializmda o‗z manfaatlarining vakili – reja 
organi orqali 
B korxona
faoliyati ustidan o‗zining nazorat qilish huquqini amalga 
oshiruvchi barcha mehnatkashlar «prinsipal» bo‗lib hisoblanardi. 
Lekin nazorat qilishning samarali mexanizmlari faqat reja organi bilan 
korxona direksiyasi o‗rtasida hamda korxona direksiyasi bilan uning xodimlari 
o‗rtasidagi munosabatlarda yuzaga kelar edi. Ishlab chiqarish topshiriqlarini 
bajarishdagi qat‘iy intizomiga nazorat qilishning uchta mexanizmi – partiya 
(partiya tashkilotlari orqali), xo‗jalik (vazirliklar va idoralar orqali) va kengash 
(Xalq deputatlari kengashining ijroiya organlari orqali) mexanizmlari orqali 
erishildi. Reja organlarining mehnatkashlar tomonidan nazorat qilinishi 
mexanizmlari esa mavjud emas edi, buning oqibatida mehnatkashlar «prinsipal» 
sifatida o‗z manfaatlarini amalga oshira olmas edi. Shuning uchun reja organi 
amalda «agent»dan yagona «prinsipal»ga aylandi: nazoratsiz byurokratik apparat 
o‗z manfaatlarini umuman jamiyat manfaatlari bilan moslashtirish imkoniyatiga 
ega bo‗ldi. Keltirilgan dalillarga asoslangan holda 
B korxona
ni unitar tashkilot
ya‘ni vazirlik yoki idoraning bo‗linmasi sifatida ta‘riflash mumkin. 

korxona ishlab chiqarish va sotish aloqalarining tarkibi uning unitar 
tashkilot bo‗linmasi sifatidagi holati tufayli unga «prinsipal» tomonidan belgilab 
berilgan. 

korxonalar o‗rtasidagi barcha gorizontal aloqalar vertikal aloqalar 
orqali - «prinsipal»ga murojaat etish orqali amalga oshiriladi. Ta‘minot-sotish 
aloqalarining tarkibi resurslarni taqsimlashning 
ajratish
yoki fondlash singari 
mexanizmidan hosil bo‗lgan. Ajratish vazirlik yoki idora tomonidan 

korxona 
mahsulotining asosiy iste‘molchilari va Еtkazib beruvchilari belgilanishidan iborat. 

korxonaning ta‘minot va sotish tarkibini mustaqil o‗zgartirishga urinishlariga 
«prinsipal» tomonidan keskin to‗sqinlik qilindi.


288 

korxonada mehnat munosabatlarining tizimi ham o‗ziga xos. Unda band 
bo‗lganlar sonining quyi chegarasi reja topshiriqlari bilan, yuqori chegarasi esa – 
ishchi kuchining kutilayotgan taqchilligi bilan belgilanadi. Resurslar cheklangan 
iqtisodiyotdagi boshqa har qanday resurs singari ishchi kuchi ham taqchil. Shuning 
uchun korxona o‗zining resurs, shu jumladan
ortiqcha bandlik
shaklida - ishchi 
kuchi zahirasini barpo etishga urinadi. Bunda, tabbiyki, 

korxona o‗zining barcha 
xodimlarini ish bilan ta‘minlashga qodir emas va ularga tenglashtiruvchi hamma 
ular tomonidan amalda ishlab topilmagan ish haqini to‗laydi. Ishchidan egalik 
funksiyasini olib, uni ishlab chiqarish natijalariga real ta‘sir ko‗rsatish 
imkoniyatidan mahrum etgan holda, qog‗ozbozlik tizimi ushbu imkoniyatning 
o‗rnini ishlab topilmagan ish haqini olish imkoniyati bilan qoplaydi. 

Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin