365
mohiyati fuqarolar bilan davlat apparati o‗rtasida yuzaga keladigan hokimlik
munosabatlari bilan belgilanadi.
Kelishuvlarning uchinchi tomonning kuchlari bilan samarali ta‘minlanishiga
so‗ngra norasmiy cheklovlarni ham samarali qiladigan qoidalarni yaratish yo‗li
bilan erishiladi. Lekin kelishuvlarni muayyan qoidalarni qo‗llovchi ta‘sirchan
huquqiy tizim orqali uchinchi tomonning kuchlari bilan ta‘minlash
muammosi
institutsional evolyutsiya tadqiqotlaridagi eng muhim muammo hisoblanadi.
Davlatning yuqorida keltirilgan ta‘riflari ko‗p jihatdan uning shartnomaviy
mohiyatini tavsiflaydi, ya‘ni davlat – bu jamoat shartnomasi. U tartibni ta‘minlash
vositasi sifatida (nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy almashuvlarning ham tartibga
solinganligi)
kuch ishlatish holatini emas, balki fuqarolarning o‗zaro kutishlari
tizimi sifatida ushbu tartibning o‗zini o‗rnatish holatini ta‘kidlaydi.
Davlatning shartnomaviy nazariyasidan tashqari davlatning asosan
ekspluatatorlik mohiyatini nazarda tutuvchi nazariya ham mavjud (qarang:13.4.1-
rasm).
13.2.1-rasm. Davlatning shartnomaviy va ekspluatatorlik nazariyalari
J.Byukenen
1
o‗z asarlarida davlatning jamiyatdagi rolining ikki
tomonlamaligiga alohida e‘tibor qaratadi, ya‘ni
davlat ham himoya qiluvchi, ham
ishlab chiqaruvchi vositadir.
1
Бьюкенен Дж. Границы свободы. – М.: Таурус Альфа, 1977. – С. 272.
Shartnomaviy davlat
Davlat
Ekspluatatorlik davlat
366
Himoya qiluvchi yoki huquqiy davlat konstitutsion bosqichda kelishuvchi
tomonlarga nisbatan konseptual tashqi va huquqlarni hamda bunday huquqlarni
ixtiyoriy ravishda almashish bo‗yicha shartnomalarni ta‘minlash uchun yagona
javobgarlikka ega bo‗lgan huquqlarni ta‘minlash instituti
yoki organi sifatida
paydo bo‗ladi. Ushbu bosqichda davlat faqatgina konstitutsiyaviy shartnomada
mustahkamlangan huquqlarni ta‘minlaydi va ijtimoiy ne‘matlarni taqsimlash va
qayta taqsimlash bilan bog‗liq emas. Sud hokimiyati jamoaviy tanlovni amalga
oshiruvchi qonun chiqaruvchi hokimiyatga qaram emas.
Gap ijtimoiy ne‘matlarni ishlab
chiqarish haqida borganda, ishlab
chiqaruvchi
davlat
namoyon
bo‗ladi. Davlat konstitutsiyadan keyingi
(shartnomadan keyingi) bosqichda amalga oshiriladigan mazkur rolda muayyan
huquqlarni ―himoya qilmaydi‖, balki jamiyatning iqtisodiy farovonligi darajasining
oshishiga, hech bo‗lmaganda nazariy jihatdan, eng yaxshi ko‗maklashuvchi ishlab
chiqarish jarayonini o‗zida mujassam etadi. Nazariy
jihatdan olib qaralganda,
mazkur jarayonning natijalari ularning yakuniy natijalarga ta‘siri tanlovni amalga
oshirishning konstitutsion qoidalari bilan belgilanadigan insonlar afzal
bilishlarining tarkibini aks ettiruvchi individlar manfaatlarining uyg‗unlashuvini
o‗zida namoyon etadi.
Shu munosabat bilan xususiy va jamoat ne‘matlarini, ularni ishlab chiqarish
xarajatlarini taqsimlash va ishlab chiqarish hajmi borasidagi yakuniy qaror qanday
bo‗lishi ularga bog‗liq bo‗lgan yakka tartibdagi afzal bilishlarni aniqlashga e‘tibor
qaratish lozim.
Konstitutsiyadan keyingi shartnoma sharoitida alohida sub‘yektlar uchun
ushbu qayta taqsimlashni o‗z manfaatlari yoki alohida guruhlar manfaatlari yo‗lida
amalga oshirish imkoniyati mavjud. Agar himoya qiluvchi
davlat funksiyasini
amalga oshiruvchi amaldorlarning o‗zlari yakka tartibdagi hokimiyatni
mustahkamlagan holda shartnoma shartlarini bajarishmasa, davlat jamiyatni
siyosiy jihatdan ta‘sir etuvchi alohida sub‘yektlar manfaatlari yo‗lida
ekspluatatsiya qiluvchi majburiy repressiv mexanizm
sifatida qabul qilina
boshlaydi.