Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə207/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

Xulosa 
 
Davlat tashkilotning bir turi hisoblanadi. Davlatning o‗lchamlari katta 
bo‗lsa-da, iqtisodiyotga davlatning iqtisodiyotga aralashuvini tahlil qilish 
mikroiqtisodiyot emas, balki makroiqtisodiyot predmetiga kiradi. Davlatni alohida 
tashkilot sifatida emas, balki institut sifatida ko‗rib chiqish lozim. Fuqarolar 
tomonidan o‗z huquqlari bir qismining davlatga topshirilishi holati bunday 
yondashuvning asosini tashkil qiladi. Davlat o‗z faoliyatini aynan shu asosda 
amalga oshiradi, ya‘ni davlatning mohiyati fuqarolar va davlat apparati o‗rtasida 
yuzaga keladigan hukumronlik munosabatlari bilan belgilanadi. Shuning uchun 
institutsional nuqtai nazardan davlatning asosiy funksiyasi - mulkchilik huquqlarini 
tafsirlash va himoya qilishdan iborat. Davlatning optimal o‗lchamlari ularda davlat 
kafil sifatida boshqa kafillar (bitim tomonlari, arbitr, ijtimoiy guruh)ga qaraganda 
samaraliroq faoliyat ko‗rsatadigan bitimlar doirasi bilan belgilanadi. Davlatning 
optimal o‗lchamlari absolyut emas, balki tarixan shartlangan. 
MAVZUGA DOIR TAYANCH IBORALAR 
Davlat 
– bu chegaralari uning fuqarolarga soliq solish qobiliyati bilan 
belgilangan jug‗rofiy hududga joylashgan, hukmini amalga oshirishda qiyosiy 
ustunlikka ega bo‗lgan tashkilot. 
Byurokratik renta
– bu o‗zining lavozim mavqeidan noqonuniy tarzda 
daromad olish uchun foydalanuvchi davlat amaldori tomonidan olingan daromad 
(masalan, pora, sovg‗alar va h.k.). 
Byurokratiyaning iqtisodiy nazariyasi
– bu ijtimoiy tanlov nazariyasining 
yo‗nalishlaridan biri bo‗lib, u qimmatbaho ne‘matlarni ishlab chiqarmaydigan va 
daromadlari o‗z faoliyatining natijalarini sotish bilan bog‗liq bo‗lmagan 
tashkilotlarning faoliyat ko‗rsatishini o‗rganadi. 


371 

Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin