Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot


 Davlatning «muvaffaqiyatsizliklari»



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə205/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

13.5. Davlatning «muvaffaqiyatsizliklari» 
Istalgan boshqa tashkiliy tuzilma singari davlatning faoliyat ko‗rsatishi ham 
transaksiya xarajatlari bilan bog‗liq. Va ular katta miqdordagi transaksiyalarga 
qaraganda qanchalik ko‗p bo‗lsa, davlat shartnoma shartlarini bajarishning kafili 
sifatda ishtirok etadi. Shaxs va davlat o‗tasida yuzaga keladigan hukumronlik 
munosabatlari 
murakkab 
va
pozitsion
xususiyatga ega. Birinchidan, shaxslar 
davlatga nazorat qilish huquqi bilan birga ushbu huquqni o‗z vakillariga – davlat 
xizmatchilariga o‗tkazish huquqini ham topshirishadi. Ikkinchidan, shaxslar 
nazorat qilish huquqini muayyan shaxsga emas, balki davlat tuzilmasida ma‘lum 
mavqeni egallab turgan funksioner - 
byurokratlarga
topshirishadi. Hukumronlik 
munosabatlari funksionerlarning shaxsiy xususiyatlariga emas, balki ularning 
«oqilona yaratilgan qoidalar bilan asoslangan ishbilarmonlik mahoratiga» 
asoslanadi. Mulkchilik huquqlarini tafsirlash va himoya qilishda davlatning roli 
qanchalik faol bo‗lsa, davlatning ichki tuzilishi shunchalik murakkab va davlat 
xizmatchilarining soni shunchalik yuqori, demak, davlat apparatining ichida 
aylanuvchi axborotning buzib ko‗rsatilishi darajasi shunchalik yuqori bo‗ladi. 
Bundan tashqari, monitoring va davlat tomonidan o‗z vakillari – byurokratlarning 
opportunistik xatti-harakatlarini oldini olish xarajatlari ham ortadi. Shuning uchun 
davlatning mulkchilik huquqlarini tafsirlash va himoya qilish jarayoniga har 
qanday aralashuvini modellashtirishda, birinchidan, axborotning ehtimoliy buzib 
ko‗rsatilishini, ikkinchidan, majbur qilishdan 
legitim
foydalanish ehtimoli hamma 
vaqt 100 foizdan kamligini hisobga olish zarur.
Shu nuqtai nazardan bozorning «muvaffaqiyatsizliklari» bilan bir qatorda 
davlatning «muvaffaqiyatsizliklari»ni ham e‘tiborga olish lozim. Xususan, 
davlatning quyidagi «muvaffaqiyatsizliklari» ajratiladi: 
-
daromadlar va xarajatlarning mos kelmasligi:
oddiy firmadan farqli 
o‗laroq, davlatning qat‘iy budjet cheklovi darajasi mutlaq darajadan ancha yiroq, 
davlat, hatto agar o‗z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarishga qodir bo‗lmagan 
taqdirda ham, uni bankrotga aylantirish ancha mushkul; 


368 
-
davlat faoliyati samaradorligining aniq mezonlari mavjud emasligi:
firma uchun foyda singari samaradorlikning aniq mezonlari mavjud emasligi 
tufayli davlat tuzilmalari ularni mustaqil ishlab chiqilgan standartlar bilan 
almashtiradi va ushbu holatda davlatning faoliyati ularning o‗zlari tomonidan 
beriladigan mezonlar (budjet tushumlarining o‗sishi, davlat nazoratining 
ekspansiyasi va h.k.) bo‗yicha baholanadi; 
-
oldinga qo‗yilgan natijalardan farq qiluvchi natijalarga erishish 
ehtimoli: 
axborot xarajatlari hamda monitoring va nazorat xarajatlarining o‗sishi 
amalga oshirilgan vazifalarning oldinga qo‗yilgan vazifalardan muntazam farq 
qilishi uchun zamin yaratadi (yuqorida keltirilgan, unda davlatning kuch 
ishlatishdan xususiy foydalanishni cheklashga urinishi uning eskalatsiyasiga olib 
kelishi mumkin bo‗lgan model bunga yaqqol misol bo‗ladi); 
-
resurslarning noteng taqsimlanishi:
transaksiya xarajatlari noldan farq 
qilganda resurslarga bo‗lgan mulkchilik huquqlarini taqsimlashda davlat uchun 
adolatlilikning bir necha standartlari mavjud (qarang: 13.5.1-rasm). 
davlat faoliyati 
samaradorligining aniq 
mezonlari mavjud emasligi 
daromadlar va 
xarajatlarning mos 
kelmasligi 
Davlatning 
―muvaffaqiyatsizliklari‖ 
resurslarning noteng 
taqsimlanishi 
oldinga qoʼyilgan 
natijalardan farq qiluvchi 
natijalarga erishish ehtimoli 


369 

Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin