Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə218/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

Xarajatlar moddalari 
Huquqni muhofaza qilish faoliyati (adliyasiz) 
Ijtimoiy-madaniy tadbirlar 
Davlat boshqaruvi
Xalqaro faoliyat (shu jumladan davlatning tashqi qarziga xizmat 
ko‗rsatish) 
Mudofaa 
Uchinchi mezon – budjet taqchilligini moliyalash usullari. Budjet 
taqchilligini qoplashning uchta asosiy usuli – Markaziy bankning hukumatga 
kreditlari, tashqi va ichki qazlardan ekspluatatorlik davlati birinchisini afzal 
ko‗radi. Bundan tashqari, markaziy bankning kreditlaridan foydalanish davlatga 
musodara xususiyatiga ega bo‗lgan «inflyatsiya solig‗i» orqali daromad olish 
imkonini 
beradi. 
Aksincha, 
shartnomaviy 
davlat 
budjet 
taqchilligini 


389 
moliyalashning eng kam inflyatsiya usuli – tashqi bozordagi qarzlarni afzal 
ko‗radi. Ichki bozordagi qarzlar uzoq muddatli davrda inflyatsiya xavfini 
tug‗diradi va jamiyat umumiy farovonligining o‗sishiga to‗sqinlik qiladi, chunki 
moliyaviy resurslar real sektordan davlat qarz majburiyatlari bozoriga oqib ketadi. 
Budjet taqchilligini moliyalash usuli 
MB kreditlari, tashqi kreditlar, qimmatli qog‗ozlar
Xazina majburiyatlari 
 
 
 
14.5. Korrupsiya muammosi 
 
Korrupsiya nazariyasining rivojlanishi davlatning iqtisodiyotdagi roli 
to‗g‗risidagi masalaga nisbatan yangicha yondashuvga misol bo‗ladi va shu bilan 
birga nazariy jihatdan to‗liq anglab Еtilmagan tajribadan to‗g‗ridan-to‗g‗ri xulosa 
qilishning xavfliligini o‗zida namoyon etadi. 
Faqatgina 1970-yillarga kelib korrupsiyaning iqtisodiy muammo ekanligi 
anglab Еtildi. Korrupsiya – bu nafaqat rivojlangan va o‗tish iqtisodiyotiga ega 
bo‗lgan mamlakatlarning, balki butun jahonning muammosi. 
 
Korrupsiyalanish indeksi quyidagi qator omillarni baholash usullari 
yordamida hisoblab chiqilgan: yuridik qoidalarning ochiq-oydinligi, idoraviy 
tuzilmalarning Еtukligi, erkinlashish darajasi, litsenziyalar olish va ro‗xatdan 
o‗tkazishning qiyinligi, sud tizimlarining samaradorligi, byurokratiyaning 
omilkorlik darajasi, fiskal tizimning samaradorligi va ochiq-oydinligi, bojxona 
ishining samaradorligi va h.k. Mamlakatning indeksi (noldan 10 gacha bo‗lgan 
shkala bo‗yicha) qanchalik yuqori bo‗lsa, uning korrupsiyalanish darajasi 
shunchalik past bo‗ladi. 
Byurokratik apparatning korrupsiyasiga qarshi kurashish muammosiga turli 
xalqaro tashkilotlar, shu jumladan Jahon bankining materiallarida katta e‘tibor 


390 
qaratiladi. 14.5.1-rasmda byurokratiyaga qarshi kurashish va davlat institutlarining 
qobiliyatini oshirish yuzasidan asosiy tadbirlar keltirilgan. 

Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin