Ekstreal vaziyatlar – mulk huquqini qayta taqsimlashni qonunning qabul
qilinishi natijasida zarar ko‗rgan tomonlarni xufyona harakat qilishga undaydigan
holat.
Xufyona iqtisodiyot – bu jamiyat tomonidan nazorat qilinmaydigan tovar
moddiy boyliklar va xizmatlarning harajati. Alohida fuqarolar va ijtimoiy guruhlar
o‗rtasidagi davlat boshqaruv organlaridan yashirinadigan ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlarni ham ifodalaydi.
Rasmiy iqtisodiyot – bu davlat tomonidan kuzatiladigan va nazorat qilinishi
mumkin bo‗lgan iqtisodiyot.
Yashirish yoki norasmiy iqtisodiyot – rasmiy hisobotlarda va rasmiy
shartnomalarda aks ettirilmaydigan xo‗jalik munosabatlari yig‗indisi.
Korrupsiya – lotincha (corruptio) so‗zidan olingan bo‗lib, buzilish degan
ma‘noni anglatadi. korrupsiya – xavfsizlikka tahdid soluvchi hodisa va xufyona
iqtisodiyotning ko‗rinishidir.
MAVZUGA DOIR AMALIY MISOLLAR VA KЕYSLAR: 1–misol. Mamlakatning noqonuniy sektoriga nimalar kirishi va ular asosan
soliqdan qochishga urinishlari haqida bilsangiz kerak. ―San‘at‖ firmasi san‘atkorlar
konsert dasturlarini tashkil qilish bilan shug‗ullanadi va ular odatda negadir
konsert dasturlari uchun biletlarni belgilangan narxdan 1,5-2 barobarga
qimmatroqqa ―qora‖ bozorda sotadi. Bu holat qanday salbiy oqibatlarga olib
kelishi mumkin?
Javob, ―San‘at‖ firmasiga bo‗lgan ishochni yo‗qolib borishiga olib keladi.
2-misol. Davlatning iqtisodiyoti quyidagi ma‘lumotlar orqali ifodalangan:
Ko‗rsatkichlar
Pul birliklari
YaIM
600
Uy xo‗jaliklari iste‘moli
320
Sof investitsiyalar hajmi
110
396
Davlat xarajatlari
90
Eksport
120
Import
90
Budjetga tushuvchi bevosita soliqlar hajmi
40
Bilvosita soliqlar hajmi
30
Tadbirkorlarga subsidiyalar
25