Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot


 Uy xo„jaligi faoliyat ko„rsatishida



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə229/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

 
15.2. Uy xo„jaligi faoliyat ko„rsatishida 
mutaassiblikning roli
Firmaning faoliyat ko‗rsatishini ko‗rib chiqishda biz mutaassiblikning 
axborot olish xarajatlari va monitoring hamda opportunistiklikdan ogohlantirish 
xarajatlarini pasaytirishdagi rolini alohida ko‗rsatdik. Firmadan farqli ravishda, uy 
xo‗jaligining faoliyati ko‗proq mutaassiblik xususiyatiga ega. Buning sababi 
umuman transaksiya xarajatlarini tejashda emas, chunki uy xo‗jaligi doirasida 
barcha o‗zaro munosabatlar ajratilgan bo‗lib, nazorat qilish oson, shuningdek 
ijtimoiy choralarni qo‗llash uchun imkoniyatlar mavjud. Mutaassibliklar rolini 
izohlash yo‗llari bir nechta. 
Birinchidan, o‗z atrofida o‗ziga ma‘qul keladigan muhitni yaratishga bo‗lgan 
ehtiyoj insonga xos xususiyatdir. Bozorda yoki fuqarolik kelishuvi sohasida 
harakat qila turib, inson xoh u bozor kon‘yunkturasi yoki siyosiy beqarorlik 
bo‗lsin, o‗zgaruvchan holatlar bilan bog‗liq asablarning taranglashuviga doimiy 


411 
ravishda duch kelib turadi. Oila va uy xo‗jaligini tashkil etish insonga o‗zini 
kundalik hayotining bir qismini mutaassiblik yordamida, ya‘ni uzluksizlik va 
oldindan bilish tamoyillariga muvofiq ravishda tashkil etish imkonini beradi. 
Odatiy kundalik hayot monandlik, insonning shaxsiy xususiyatlariga moslashgan 
holda xarakatlarning ajrimligi va oldindan aytib berilishini ta‘minlovchi 
mutaassibliklar doirasida kechadi. 
Aynan mutaassiblik bilan himoyalangan kenglik doirasida dastlab ishonch 
me‘yori paydo bo‗ladi. Olimlarning fikriga ko‗ra, bolada atrofdagi odamlarga 
bo‗lgan ishonchning paydo bo‗lishi ota-onalarning hatti-xarakatlariga bog‗liq, 
chunki ular bola unda o‗zini juda qulay his qiladigan tashqi muhitdan 
himoyalangan kenglikni hosil qilgan holda u haqida qayg‗urishadi. Ushbu 
kenglikda bola o‗z hatti-harakatlarini to‗liq nazorat qila oladi, harakatlari natijasiga 
tashqi omillar deyarli ta‘sir qilmaydi. 
Ikkinchidan, atrofdagi odamlar bilan o‗zaro hamkorlikdagi ko‗plab ―o‗yin 
qoidalari‖ (kelishuvlar: bozor, industrial, fuqarolik va b.) mavjud sharoitda insonda 
u o‗zi bilan o‗zi yolg‗iz qolishi mumkin bo‗lgan sohani shakllantirishga ehtiyoj 
tug‗iladi. Boshqacha aytganda, insonda o‗zi uchun kundalik hayotning uning 
boshqa kishilar va tabiat bilan muloqot aloqalari uning shaxsiyatli o‗xshashlikka 
erishishi va uni saqlashga ko‗maklashuvchi muhitni yaratish ehtiyoji mavjud. 
Ushbu talab ikki sohani – shaxsiy va oshkora hayotni chegaralash orqali amalga 
oshiriladi. Shaxsiy hayot sohasi oila va uy xo‗jaligini ham o‗z ichiga olib, oshkora 
hayot sohasidan shaxsiy hayotga aralashmaslikning qonuniy kafolatlari va 
mutaassibliklar bilan chegaralangan. Aynan insonning o‗zi tomonidan va uning 
ehtiyojlari zamirida barpo etilgan mutaassibliklar u o‗zi bilan o‗zi yolg‗iz 
qoladigan kenglikni chegaralaydi. 


Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin