15.3. Uy xo„jaligining xillari
15.4.O„zbekistonda uy xo„jaligi va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish
yo„llari
Uy xo‗jaligi iqtisodiy faoliyatning muhim sub‘yektlaridan biri hisoblanib,
nafaqat oila yoki xo‗jalik, balki butun mamlakat aholisining farovonligi uning
natijalariga bog‗liq. Uy xo‗jaligi iqtisodiyotning yirik sektori sifatida tijorat
korxonalari va davlat bilan bir qatorda barcha makroiqtisodiy tartibga solish
jarayonlarida ishtirok etadi. Shu nuqtai nazardan uy xo‗jaligining tarkibi, maqsadi
va asosiy vazifalarini o‗rganish oila biznesi (tadbirkorligi)ni tashkil etish va uni
yuritish uchun muhim asos bo‗lbi xizmat qiladi. Ularning turlarini taqqoslash uy
xo‗jaligining bozor munosabatlariga mos turini va uning tarkibini tanlash imkonini
beradi.
15.1. Uy xo„jaligi iqtisodiyot sub‟ekti sifatida
Uy xo‗jaligi
to‗g‗risida so‗z yuritganda, ikki tushuncha-oila va uy xo‗jaligi
tushunchalarni chegaralash lozim. Uy xo‗jaliklari bozor iqtisodiyotining muhim
sub‘yektlaridan biri hisoblanadi. F.T.EgamberdiЕv va B. Sharofitdinovlar ―Uy
xo‗jaliklari o‗ziga xos ijtimoiy, iqtisodiy, moliyaviy va boshqa funksiyalarni
bajarib, davlat va jamiyat rivojiga katta ta‘sir ko‗rsatadi.Uy xo‗jaligi alohida olib
qaralganda mikroiqtisod darajasidagi sub‘ekt, jami uy xo‗jaliklarining yig‗indisi
makroiqtisod sub‘ekti sifatida olib qaraladi‖
1
,-deb ta‘kidlashadi.
1
Эгамбердиев Ф.Т., Б.Шарофитдинов. Уй хўжаликлари миллий иқтисодиѐтни
ривожлантиришнинг омили сифатида.//‖Миллий иқтисодиѐтни модернизациялаш стратегияси ва
уни ўрта муддатларда амалга оширишнинг устувор йўналишлари‖ мавзусидаги республика илмий-
амалий конференция материаллари тўплами.2-қисм.-Т.:‖Университет‖,2014.-37-бет.
405
B.B.Berkinov uy xo‗jaligi
to‗g‗risida so‗z yuritganda, ikki tushuncha-oila va
uy xo‗jaligi tushunchalarni chegaralash lozim, degan fikrni olg‗a suradi. Uning
fikricha, «Uy xo‗jaligi» tushunchasi tor ma‘noda oila a‘zolariga maishiy xizmat
ko‗rsatish, shaxsiy yordamchi xo‗jalikni yuritish, uyda natural holda mahsulot
ishlab chiqarish kabi xo‗jalik yuritish bo‗yicha an‘anaviy uy ishlari yig‗indisini
oladi. Hozirgi «uy xo‗jaligi» tushunchasi keng ma‘noda o‗ta murakkab, ko‗p
qirrali va ko‗p jihatli bo‗lib, «individ» va « oila» tushunchalari bilan
tavsiflanuvchi, lekin ayni paytda unga o‗xshash bo‗lmagan ( chunki u bir
individdan ham, bir necha oila a‘zolaridan ham tarkib topishi mumkin) iqtisodiy
kichik tizim, ya‘ni tashkilot sifatida karib chiqiladi»
1
. R.Kouzning ―Firmaning
tabiati‖ maqolasida firma tashkiliy tuzilma sifatida ―qora quti‖ deb izohlangan
2
.
Bunday tavsif aslida uy xo‗jaligiga nisbatan ko‗proq mos keladi. Uy xo‗jaligi
uchun faqat ―qora quti‖ga ―kirish‖dagi (ish haqi, soliqlar chiqarib tashlangan
davlat tomondan ijtimoiy transfertlar) va undan ―chiqish‖dagi (inson
kapitali,mehnat, jamg‗arma, iste‘mol) omillar ma‘lum. J.Gelbreyt ta‘kidlaganidek,
uy xo‗jaligi odatda iste‘mol qiluvchi va ishlovchi shaxs bilan tenglashtiriladi
hamda tashkilotni tavsiflovchi hokimlik munosabatlari bilan bog‗liq bo‗lmagan
holda ko‗rib chiqiladi
3
.
B.B.Berkinovning fikricha, « ko‗pincha uy xo‗jaliklari oilaning iqtisodiy,
ijtimoiy-demografik va statistik belgilanishi sifatida karib chiqiladi. Oila an‘anaviy
tarzda nikoh-qarindoshlik munosabatlari, birgalikda hayot kechirish, umumiy
budjet va birgalikda xo‗jalik yuritish belgilari bilan tavsiflanadi… Oila xo‗jalik
nuqtai nazaridan, birinchi navbatda, uy xo‗jaligi negizi sifatida qarab chiqiladi.
Bunda xo‗jalik-iqtisodiy tavsiflar, insonlarni kichik guruhga birlashtiruvchi
iqtisodiy aloqalar birinchi o‗ringa qo‗yiladi. Shunday qilib, «uy xo‗jaligi»
tushunchasining mazmuniy ahamiyati ijtimoiy-iqtisodiy yo‗nalishga ega baladi. U
oilaning ijtimoiy tarkibi, daromad-mulkiy hamda sarf-xarajat va iste‘mol qilish
1
Беркинов Б.Б.
Институционал иқтисодиѐт: Ўқув қўлланма. 2-нашр, қайта ишланган. –
Т.:Иқтисодиѐт, 2013.- 172-бет.
2
Коуз Р. Фирма, рынок и право. – М.: Дело, 1993. –С.41.
3
Гэлбрейт Дж.К. Экономические теории и цели общества. – М.: Прогресс, 1976.-С.154.
406
salohiyati bilan tavsiflanadi»
1
. B.B. Berkinov uy xo‗jaligi va oila tushunchalarining
farqli belgisi sifatida ularning asosiy maqsadli funksiyalaridagi farkasos qilib oladi.
Shundan kelib chiqib, u «oilaning asosiy maqsadli funksiyasi – insonni dunyoga
keltirish, uy xo‗jaligini esa – inson kapitalini takror tiklash va saqlash… Inson
kapitalini takror tiklash tushunchasi ko‗p qirrali jarayon mohiyatini chuqurroq aks
ettirgan holda nafaqat shaxs sifatida insonni va jamoa sifatida uy xo‗jaligini ham
biologik, ham ijtimoiy, ham xo‗jalik-iqtisodiy jihatdan tiklash, balki uning hayoti
va faoliyati shart –sharoitlarini ham tiklashni o‗z ichiga oladi»
2
, -deb ta‘kilaydi.
H.P.Abulqosimovning fikricha,
uy xo‗jaligi – iqtisodiyotning iste‘molchilik
va ishlab chiqarish sohalarida faoliyat ko‗rsatuvchi asosiy tarkibiy birlik bo‗lib,
uning doirasida moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko‗rsatish sohalarida o‗z
ist‘moli uchun mahsulotlar hamda sotish, ayirboshlash maqsadida tovar va
xizmatlar ishlab chiqariladi va iste‘mol qilinadi, shuningdek, bozor iqtisodiyotida
uy xo‗jaliklari mulkdor va ishlab chiqarish omillarini Еtkazib beruvchilar
hisoblanadi
3
. Iqtisodiyot sub‘ekti sifatida uy xo‗jaliklari inson kapitalini
kengaytirilgan takror ishlab chikarishni ta‘minlaydi. Uy xo‗jaliklarining iqtisodiy
resurslarni sotishdan olingan pul daromadlari shaxsiy ehtiyojni qondirish hamda
xo‗jalik faoliyatini yanada kengaytirish uchun sarflanadi. Uy xo‗jaligining
tarkibiga kiruvchi tadbirkor kapital egasi bo‗lib, resurslar bozoriga kapital resursini
Еtkazib beradi. Ishchi esa ishchi kuchi (mehnatni), tabiiy resurslar egalari esa
ularni resurslar bozoriga Еtkazib beradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida uy xo‗jaligining namoyon bo‗lish shakli oila
bo‗lib, unga tegishli xususiyatlar oilaga ham tegishli bo‗ladi. Oila qarindoshlik
aloqalari va maishiy hayot umumiyligi asosida ongli ravishda tashkil etilgan
1
Беркинов Б.Б.
Институционал иқтисодиѐт: Ўқув қўлланма. 2-нашр, қайта ишланган. –
Т.:Иқтисодиѐт, 2013.- 172-бет.
2
Беркинов Б.Б.
Институционал иқтисодиѐт: Ўқув қўлланма. 2-нашр, қайта ишланган. –
Т.:Иқтисодиѐт, 2013.- 175-бет.
3
Абулқосимов Ҳ.П., Қулматов А.А.
Ўзбекистонда кичик бизнес соҳасида оилавий
тадбиркорликнинг ўрни ва уни ривожлантириш йўллари.
-
Т.:‖Университет‖, 2015.-48-49
бетлар.
407
kishilarning kichik guruhidan iborat. Oilaning hayot faoliyati shaxsning, u a‘zo
bo‗lgan oilaning va jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va ma‘naviy ehtiyojlarini
ro‗yobga chiqarish maqsadida amalga oshiriladi.Amaliy hayotda oila ko‗pchilik
hollarda esa erkak va ayolning o‗zaro birikishidan iborat bo‗lib, o‗zining uy
xo‗jaligini mustaqil ravishda yuritadi. An‘anaga ko‗ra oila nikohdan boshlanadi.
Iqtisodiyot nazariyasi nuqtai nazaridan nikohlar erkak va ayolning bir-biriga
mosligini aniqlaydigan ―bozor‖da shakllanadi. Samarali bozorda erkak va ayolning
bir - birlariga mosligi nazariyasi asosida o‗zaro tanlashlari yuz beradi. Oilada har
bir tomon ochiq yoki bilvosita ma‘lum majburiyatlarni oladilar. Bunda ular
tomonlarning huquq va imtiyozlarini tan oladilar.
Nikohni iqtisodiy nuqtai nazaridan har qanday firma yoki tashkilot ustaviga
o‗xshatish mumkin. Xuddi tashkilotda bo‗lgani kabi oilaning o‗ziga yarasha hayot
kechirish qonun-qoidalari vujudga keladiki, ular cheklangan yoki moslashuvchan
bo‗lishi mumkin. Shuningdek, oilani investitsiya loyihasiga o‗xshatish mumkin.
Chunki, bir muncha vaqt o‗tgach, ushbu nikohdan ma‘lum natija, samara olish
qo‗zda tutiladi.
Oila deganda, bir uyda yashashi oila-qarindoshchilik aloqalarining
umumiyligi bilan birlashgan guruh tushuniladi. Uy xo‗jaligi esa umumiy vazifalar,
yashash joyi, budjet va odatda oila-qarindoshchilik aloqalari bilan birlashgan
kishilar guruhini o‗zida namoyon qiladi. Boshqacha aytganda, oila faoliyati
ko‗plab o‗lchamlarni o‗z ichiga oladi: biologik, demografik, ruhiy, ijtimoiy va b.
Uy xo‗jaligi faoliyati esa oilani faoliyat sohasining birgina-iqtisodiy turiga
yo‗naltiradi. Uy xo‗jaligining asosiy funksiyasini
inson kapitalini
shakllantirish,
undan foydalanish va saqlash deb belgilash lozim. Bu o‗z navbatida, insonning
bilimlari, amaliy ko‗nikmalari va mehnatga tirishqoqligining yig‗indisi sifatida
tushuniladi. 15.1.1-rasmda inson kapitalini shakllantirish bo‗yicha uy xo‗jaligi
faoliyatining tarkibi izohlangan. Uy xo‗jaligini yuritish uning a‘zolarining oila
biznesida ishtiroki hamda oila kapitalini uni shakllantirish va rivojlantirishga
yo‗naltirish asosiy masala hisoblanadi.
|