15.4. Shaxs iqtisodiy xavfsizligini ta‟minlashning institutsional asoslari
Bugungi kunda inson xavfsizligi tushunchasi iqtisodiyot va boshqa
sohalarda keng o‗rganilmoqda. ―Xavfsizlik‖ tushunchasi ko‗p qirrali bo‗lib, turli
ma‘nolarda talqin etiladi. O‗zbek tilining izohli lug‗atida ―xavf-qo‗rqinch,
qo‗rqish, vahima, hadiksirash, biror xatarli hodisa yoki falokat sodir bo‗lish
ehtimoli, xatar, xavotirlanish, xavfsirash, xavotir, tashvish‖ ma‘nosida,
―xavfsizlik - xavf-xatarning yo‗qligi; xavf bo‗lmagan holat, xavfsizlik
ta‘minlangan‖, deb ta‘rif berilgan
1
.
Bizning nazarimizda xavfsizlik ko‗p qirrali bo‗lib, u butun insoniyat, davlat
yoki iqtisodiy tizimning normal faoliyat yuritishi, rivojlanishi uchun noxush,
salbiy, zararli ta‘sirlardan, xavf-xatarlardan saqlanish, himoyalanish holatini
ifodalaydi. Xavfsizlik umumiy tarzda ziyon Еtkazish uchun potensial
sharoitlarning yo‗qligi, xavfdan saqlanish, himoyalanish va ishonchlilikni
anglatadi. Bu tushuncha kishilar va jamiyat hayot faoliyatining aniq spetsifik
sohalarida o‗ziga xos xususiyatlarga ega bo‗ladi
2
. Xavfsizlik tushunchasining
milliy xavfsizlik; ekologik xavfsizlik; sanoat xavfsizligi; yong‗in xavsizligi;
axborot xavfsizligi; harbiy xavfsizlik; iqtisodiy xavfsizlik va boshqa bir qancha
turlari mavjud.
Akademik L.I.Abalkin
iqtisodiy
xavfsizlikka
milliy
iqtisodiyotning
mustaqilligini, barqarorligini va mustahkamligini, doimo yangilanib, o‗zidan o‗zi
takomillashib borishini ta‘minlovchi shart-sharoit va omillar yig‗indisi deb ta‘rif
bergan
3
. Uning ushbu ta‘rifini akademik Q.X.Abduraxmonov boshchiligidagi
o‗zbekistonlik olimlar ham qo‗llab-quvvatlagan
4
.
D.V.GordiЕnkoning fikricha, iqtisodiy xavfsizlik milliy xo‗jalikning ichki va
tashqi tahdidlardan himoyalanish holati bo‗lib, bu holat jamiyatning izchil
1
Ўзбек тилининг изоҳли луғати: 80000 дан ортиқ сўз ва сўз бирикмаси. Ж.IV. Тартибот-Шукр. Таҳрир
ҳайъати. Т.Мирзаев (раҳбар) ва бошқ.: ЎзР ФА Тил ва адабиѐт ин-ти.-Т.: ―Ўзбекистон миллий
энциклопедияси‖ Давлат илмий нашриѐти.2008.-372-бет.
2
Абулқосимов Ҳ.П., Абулқосимов М.Ҳ. Иқтисодий хавфсизлик: назария ва амалиѐт. Ўқув қўлланма.-
Т.:Ноширлик ѐғдуси, 2019.-11-бет.
3
Абалкин Л.И. Экономическая безопасность России: угрозы и их отражение [Текст] /
Л.И.Абалкин //Вопросы экономики, 1994.-№12.-С.4-14.
4
Экономическая теория. Учебник для студентов вузов. // Колл. Авт: К.Х.Абдурахманов и др./. –Т.:
Шарк. 1999. – С.560.
417
rivojlanishini, ichki va tashqi salbiy omillar ta‘sir ko‗rsatayotgan sharoitda ham
iqtisodiy va ijtimoiy barqarorligini ta‘minlaydi
1
.
V.K.Senchagovning fikricha, iqtisodiy xavfsizlik iqtisodiyot va hokimiyat
institutlarining
shunday
holatidirki,
bunday
holatda
mamlakat
milliy
manfaatlarining kafolatli himoyalanganligi, mamlakat iqtisodiy rivojanishining
ijtimoiy yo‗naltirilganligi, ichki va tashqi jarayonlar rivojlanishining eng noqulay
sharoitlarida ham mudofaa salohiyatining Еtarli darajada ta‘minlanganligini
ifodalaydi
2
. Keyinchalik u iqtisodiy xavfsizlik tushunchasini nofaqat milliy
manfaatlarning himoyalanganligi, shu bilan birga hokimiyat institutlarining
mamlakat iqtisodiy rivojlanishining milliy manfaatlarini himoya qilish va
ta‘minlash, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy barqarorligini qo‗llab-quvvatlash
mexanizmlarini vujudga keltirish qobiliyati va tayyorligi deb ta‘riflaydi
3
.
Yuqoridagi fikr va mulohazalardan kelib chiqib, bizning nazarimizda,
iqtisodiy xavfsizlik milliy iqtisodiyot va uning sub‘yektlarining mustaqilligini,
barqarorligi va bardoshliligini, izchil yangilanib va takomillashib borishi holatini
hamda aholi, shuningdek, alohida olingan inson shaxsining turmush darajasi va
sifatiga xavf soluvchi ichki va tashqi tahdidlardan ishonchli himoyalanganligini
ifodalaydi
4
.
Iqtisodiy xavfsizlikning iqtisodiyot sub‘yektlari nuqtai nazardan shakllaridan
biri shaxs iqtisodiy xavfsizligi hisoblanadi. Inson doimo yaxshi yashash, o‗zining
turmush darajasining oshib borishi, yashash sharoitlarining yaxshilanishiga, tinch,
xavf-xatarsiz yashashga umid qiladi va bunga ishonchli kafolat bo‗lishini istaydi.
A.P.Gaydar, Е.I.Mixaylik va boshqalar shaxsning iqtisodiy xavfsizligi uning
hayotiy sharoitlarini himoya qilishning kafolatlangan va ijtimoiy rivojlanishi va
1
Гордиенко Д.В. Основы экономической безопасности государства. Курс лекций: учеб-метод пособие. –М.:
Финансы и статистика; ИНФРА-М, 2009. –С.8.
2
Қаранг:Экономическая безопасность: Производство, финансы, банки./под ред. В.К.Сенчагова.-
М.:Финстатинформ, 1998.-С.23.
3
Қаранг: Сенчагов В.К.Мировой финансовый кризис и экономическая безопасность России.
Анализ, проблемы и перспективы.-М.: Экономика, 2010.-С.54.
4
Абулқосимов М.Ҳ.Бозор иқтисодиѐти шароитида шахсн инг иқтисодий хавфсизлигини
таъминлашнинг назарий жиҳатлари ва йўллари. Иқтисодиѐт фанлари бўйича фалсафа доктори
(PhD) илмий даражасини олиш учун ѐзган диссертацияси қўл ѐзмаси.-Т,, 2020 йил, 17-бет.
418
ijtimoiy muhofazasi ta‘minlangan holati deb ta‘riflaydilar
1
. G‗arb mamlakatlari
nashrlarida shaxsning iqtisodiy xavfsizligi mamlakatda hayotiy zarurat deb
hisoblanadigan asosiy qadriyatlarning minimal maqbul darajasiga qat‘iy
tahdidlarning yo‗qligi deb izohlanadi. Bu tahdid tashqi iqtisodiy parametrlarning
o‗zgarishi natijasida mavjud ijtimoiy-siyosiy tizimni Еmiradigan sharoitlar paydo
bo‗lganda vujudga keladi
2
. Boshqa mualliflar shaxs iqtisodiy xavfsizligini asosan
qashshoqlik va aholi daromadlari tabaqalanishining chuqurlashuvi bilan bog‗liq
ravishda izohlaydilar
3
.
Ta‘kidlash lozimki, kishilar daromad, shaxsiy boyligi, turmush farovonligi
darajalari hamda jamiyatda va mamlakat erishgan ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli
bo‗yicha bir-birlaridan farqlanadilar. Ular aholining turli ijtimoiy-iqtisodiy
tabaqasiga, stratga mansub bo‗ladilar. Shu boisdan aholining har bir tabaqasi
uchun shaxsiy iqtisodiy xavfsizligi turlicha mazmunga, tavsifga ega bo‗ladi.
Bizning fikrimizcha, shaxsning iqtisodiy xavfsizligi – uning hayotiy
manfaatlarining, ya‘ni yashash va shaxsiy daxlsizlik, erkin mehnat qilish,
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‗ullanish, mulkdor bo‗lish, hayotiy iste‘mol
ehtiyojlarini qondirish, salomatligini saqlash, bilim olish va kasbga ega bo‗lish,
qariganda ijtimoiy ta‘minot olish huquqlarining himoyalanganligini ifodalaydi
4
.
Shaxsning iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash jamiyat, davlat, korxona iqtisodiy
xavfsizliklari bilan uzviy aloqadorlikda va bog‗liqlikda bo‗ladi hamda davlat
hokimiyati organlari, mehnat jamolari, ko‗pchilik kishilar faoliyati va ularning
1
См.:Экономическая безопасность личности // http://newinspire.ru/l/2/25/1071-ekonomicheskaya-
bezopasnost-lichnosti.html; Михайлик Е.И. «Современные угрозы экономической безопасности
личности
в
России»//https://xreferat.com/84/2892-2-sovremennye-ugrozy-ekonomicheskoiy-
bezopasnosti-lichnosti-v-rossii.html;ГайдарА.П. Безопасность жизнедеятельности - Учебное пособие
// http://www.newsocio.ru/nspgs-333-1.html
2
Гуреева М.А.Экономическая безопасность личности в современной России //Международный
научный журнал ―Символ науки‖,№4 2016год.-С.58.
3
Обеспечение экономической безопасности личности как многоуровневый интегрированный
процесс//http://www.strategplann.ru/estatiw/obespechenie-ekonomicheskoj-bezopasnosti-lichnosti-kak-
mnogourovnevyj-integrirovannyj-protsess.html
4
Қаранг: Абулқосимов М.Ҳ. Бозор иқтисодиѐти шароитида шахснинг иқтисодий хавфсизлигини
таъминлашнинг назарий жиҳатлари ва йўллари // Ж. Иқтисод ва молия /Экономика и финансы,
2017й. 5-сон. 47-48-бетлар;
Абулқосимов М.Х. Ўзбекистонда барқарор иқтисодий ўсиш шахс
иқтисодий хавфсизлигини таъминлашнингмуҳим шарти// Ж. Иқтисод ва молия /Экономика и
финансы, 2018й. 4-сон, 57-58-бетлар.
419
o‗zaro ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari orqali amalga oshiriladi. Shu boisdan,
bizning fikrimizga ko‗ra, shaxsning iqtisodiy xavfsizligi iqtisodiy kategoriya
sifatida kishilar o‗rtasida shaxsning ijtimoiy himoyalanganligi va ijtimoiy
rivojlanishini ta‘minlash, uning hayotiy manfaatlarining kafolatli himoyalanganlik
holatini vujudga keltirish jarayonlarida vujudga keladigan ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlarni ifodalaydi. Har bir inson uchun shaxsiy iqtisodiy xavfsizlik
muvaffaqiyatga erishishning hamda jamiyatdagi barqarorlik va ijtimoiy-iqtisodiy
farovonlikning muhim ko‗rsatkichi hisoblanadi
1
.
Shaxs iqtisodiy xavfsizligiga tahdidlar bo‗yicha iqtisodiy adabiyotlarda turli
qarashlar va tavsiflar mavjud. A.P.Gaydarning fikricha shaxsga nisbatan xavf-xatar
va tahdidlar quyidagilardan iborat:
- aholining ish bilan past darajadagi bandligi va ishsizlik;
- inflyatsiya;
- kambag‗allik va qashshoqlik;
- shaxs va oilaning degradatsiyaga uchrashi;
- iqtisodiyotning kriminallashuvi;
- ta‘lim, sog‗liqni saqlash va fanning huquqiy normalar bilan tartibga
solinmagan holda tijoratlashuvi;
- ta‘lim, aholining bilim darajasining pasayishi;
- bepul tibbiy xizmat sifatining pasayishi;
- aholi turmush darajasining pasayishi va umr uzoqligining qisqarishi
2
.
Ushbular haqiqatda inson hafvsizligiga tahdidlar hisoblanadi. Ammo bu
tahdidlar insonning o‗ziga bog‗liq bo‗lgan yoki ijtimoiy-iqtisodiy tizimda vujudga
keladigan tahdidlar bo‗yicha turlarga ajratilmagan.
Shaxs iqtisodiy xavfsizligining tarkibiy elementlari (komponentlari) va
ularga xavf soluvchi tahdidlarning birmuncha keng qamrovli klassifikatsiyasi
O.A.Stepicheva, V.V.Chernova, M.A.Kotelnikovalar tomonidan ishlab chiqilgan.
1
Абулқосимов М.Ҳ.Бозор иқтисодиѐти шароитида шахсн инг иқтисодий хавфсизлигини
таъминлашнинг назарий жиҳатлари ва йўллари. Иқтисодиѐт фанлари бўйича фалсафа доктори
(PhD) илмий даражасини олиш учун ѐзган диссертацияси қўл ѐзмаси.-Т,, 2020 йил, 21-22-бетлар.
2
Гайдар
А.П.
Безопасность
жизнедеятельности.
Учебное
пособие.//
Источник:
http://www.newsocio.ru/nspgs-333-1.html.
420
Ular shaxsning iqtisodiy xavfsizligining oziq-ovqat va uy-joy bilan ta‘minlanish,
aholini takror ishlab chiqarish, huquqbuzarlik, sog‗liqni saqlash, ekologiya, mehnat
munosabatlari, madaniyat va ta‘lim, axborot bilan ta‘minlanish, daromadlar
bo‗yicha tabaqalanish va moliyaviy xavfsizlik sohalaridagi shakllarini hamda
ularning har biriga xavf soluvchi tahdidlarni tavsiflaganlar
1
.
M.H.Abulqosimovning fikriga ko‗ra, shaxsning iqtisodiy xavfsizligiga
tahdidlarni shaxsning o‗ziga bog‗liq bo‗lgan ichki hamda ichki va tashqi ijtimoiy-
iqtisodiy tizimlar va tabiiy omillar ta‘siridagi tashqi tahdidlar guruhiga ajratish
orqali yanada to‗ldirish maqsadga muvofiqdir
2
.
Shaxs iqtisodiy xavfsizligiga tashqi tahdidlar mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish sur‘atlarining jamiyat ehtiyojlari o‗sishiga nisbatan orqada qolishi,
siklik o‗zgarishlar, bozor kon‘yunkturasidagi tebranishlar, iqtisodiy inqirozlar,
ishsizlik va inflyatsiya darajasining boshqarib bo‗lmaydigan darajalarda o‗sishi,
hududlar rivojlanishidagi nomutanosiblikning kuchayishi, tabiiy yoki inson, kapital
resurslarining Еtarli emasligi, ijtimoiy sohalar, shu jumladan, ta‘lim va sog‗liqni
saqlash sohalar rivojlanishining past darajadaligi, mamlakatda ijtimoiy-siyosiy
vaziyatning yomonlashuvi, tabiiy muhitning yomonlashuvi, tabiiy ofatlar,
favqulodda vaziyatlar hamda jahon iqtisodiyotidagi inqirozli vaziyatlar, mamlakat
tashqi qarzining haddan tashqari o‗sib ketishi sababli ham vujudga kelishi
mumkin
3
.
Iqtisodiy sohada inson shaxsiga nisbatan tajovuz reketda, tovlamachilik va
firibgarlikda o‗z ifodasini topadi. Shaxsning xavfsizligiga nisbatan jinoiy
mazmunga ega tahdidlar mamlakatda kriminallashuv, uyushgan jinoyatchilik va
korrupsiyaning kuchayishi orqali vujudga keladi (qarang: 15.4.1-jadval).
Dostları ilə paylaş: |