5.1.2.-jadval
Kvartira ijarasi bo„yicha transaksiya xarajatlari
Xarajat mazmuni
Xarajat shakli
Ijaraga topshiriladigan kvartiralar, uy-joy bozoridagi
narxlar haqidagi axborotni qidirib topish xarajatlari:
maxsus nashrlarni xarid qilish va e‘lonlar bo‗yicha
qo‗ng‗iroqlar yoki rieltorlik firmasiga murojaat etish;
Pul shaklidagi xarajatlar va
vaqt sarflari;
Tanlangan kvartiralar mulkdorlari bilan ijaraning alohida
shartlari haqida muloqatlar olib borish xarajatlari;
Vositachi sarflari va vaqt
sarflari;
Tanlangan kvartiralarni borib ko‗rish jarayonida uy-joy
sifatini baholash xarajatlari
Vositachi
zimmasiga
yuklatish mumkin bo‗lgan
vaqt sarflari va transport
xarajatlari
Ijara shartnomasini yuridik rasmiylashtirish, uni notarial
tasdiqlash xarajatlari;
Pul shaklidagi xarajatlar;
Mulkdorning ijara shartlarini o‗zgartirish (ijara to‗lovini
oshirish) bo‗yicha opportunizmni oldini olish xarajatlari;
Vaqt va asab sarflari;
Mulkdor ijarachiga kvartirani saqlab turish yuzasidan
e‘tiroz bildirgan va / yoki shartnomani muddatidan oldin
buzishni xohlagan taqdirda shartnoma amal qilishi
Vaqt sarflari va sudga
murojaat etish bilan bog‗liq
pul shaklidagi xarajatlar
107
muddatiga berilgan foydalanish huquqini himoya qilish
xarajatlari
Shunday qilib, uy-joyni ijaraga olishda yuzaga keladigan transaksiya
xarajatlarini miqdoriy baholashga yo vositachilik firmalarining daromadlarini tahlil
qilish, yoki o‗rtacha soatlik ish haqiga ko‗paytirilgan bevosita pul xarajatlari va
vaqt sarflarini qo‗shish yordamida erishish mumkin.
Transaksiya xarajatlarining ko‗plab turlari bevosita kuzatilmaydi va shuning
uchun bunday toifa xarajatlar hajmi statistik qiyin o‗lchanadi.
Insonlar hamma vaqt, hech qanday xarajatlarni qilmasdan, natijada ishlab
chiqarish qiymati oshishi uchun huquqlarni qo‗lga kiritish, bo‗lish va o‗rin
almashtirish to‗g‗risida kelishib olishlari mumkin. Bu ―nol darajali transaksiya
xarajatlari‖ deb yuritiladi va bu huquqiy chegaralarga bog‗liq hisoblanadi.
Nol darajali transaksiya xarajatlarida ishlab chiqaruvchi shartnomaga
pirovard natijada ishlab chiqarish qiymatini oshirish uchun zarur bo‗lgan barcha
narsani kiritadi. Agar transaksiya xarajatlari mavjud bo‗lmasa, firmaning faoliyat
ko‗rsatishi uchun hech qanday iqtisodiy asos bo‗lmaydi.
Qandaydir baland transaksiya xarajatlariga ega bo‗lgan aniq holatda
shartnomalarning ko‗pchiligi tuzilmaydi va amalga oshirilmaydi. Chunki ularni
ijro etishdan keladigan foyda xarajatlarga qaraganda ancha kam bo‗ladi. Shu
tariqa, transaksiya xarajatlari amalga oshiriladigan transaksiyalar soniga ta‘sir
ko‗rsatadi (transaksiya – shartnoma shaklidagi bitim). Shularni inobatga olganda
korxonalar nisbiy ustunligini oshirish uchun transaksiya xarajatlarini tejash
imkoniyatlarini qidirish zarurdir.
Mikrodarajada turli xususiy tashkiliy tuzilmalarda xarajatlarni tahlil etishda
quyidagi tamoyillar qo‗llanilishi lozim:
1.
Transaksiya (bitim-shartnoma) – bu tahlilning bazaviy birligi.
2.
Har qanday muammoni, bevosita yoki bilvosita shartnomaviy muammo,
deb qarab, uni transaksiya xarajatlarini kamaytirish nuqtai nazaridan o‗rganish
foydalidir.
108
3.
Transaksiya xarajatlarini tejashga turli transaksiyalarni ularni boshqarish
tuzilmalariga tabaqalashtirilgan tarzda biriktirish yo‗li bilan erishiladi.
4.
Tashkiliy tuzilmani tanlash muqobil variantlarni qiyosiy institutsional
baholash asosida kechadi.
Mikrodarajada transaksiya xarajatlari – bu korxonada ishlab chiqarish
jarayoni bilan bog‗liq bo‗lmagan xarajatlar hisoblanadi. Bunda quyidagi xarajatlar,
ya‘ni shartnoma loyihasini tuzish, muzokaralar yuritish va kelishuv kafolatlarini
ta‘minlashda yuzaga keladigan xarajatlar, shuningdek shartnomani samarasiz
moslashtirish, unga tuzatish kiritish bilan bog‗liq bo‗lgan, shartnomani amalga
oshirish bo‗yicha tanlangan yo‗lda qaytish, shartnomadagi xatolar va kutilmagan
tashqi nizolar natijasida yuzaga keladigan xarajatlar farqlanish lozim.
Shuni inobatga olgan holda, iqtisodiyotda institutlarni shakllantirishda, ular
faoliyatini samaradorligini oshirishda transaksiya xarajatlari asosiy rol o‗ynaydi.
Shu nuqtai nazardan
1
O.Uilyamsonning quyidagi xulosasi diqqatga sazovor:
―moddiy va xomashyolarga kam xarajatlar bilan ko‗p mahsulotlar ishlab
chiqaradigan jamiyat emas, balki mahsulotni ishlab chiqarishda transaksiya
xarajatlari ulushi past bo‗lgan jamiyat yutuqga ega bo‗ladi‖.
1
Уильямсон О.И. Экономические институты капитализма: фирмы, рынки,
«отношенческая контрактация». – СПб.: Лениздат, CEV Press, 1966. –С. 640-641.
|