Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot


 Transaksiya xarajatlarini optimallashtirish tajribasi va uning



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

5.3. Transaksiya xarajatlarini optimallashtirish tajribasi va uning 
O„zbekistondagi xususiyatlari 
 
Ma‘lumki, iqtisodiyot sub‘yektlari sarf-xarajatlarining ma‘lum qismini 
transaksiya xarajatlari
tashkil etadi. Ushbu toifaga kiruvchi xarajatlarni kamaytirish 
iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash 
jarayonlarida muhim ahamiyat kasb etadi. 
Xorijiy ekspertlarining fikriga ko‗ra, firmaning umumiy chiqimlaridan 
transaksiya xarajatlarining ulushi ular an‘anaviy bozorda faoliyat ko‗rsatganda 1,5 
foizdan 5 foizgachani, yangi sotish bozorlariga chiqishda esa 10-15 foizni tashkil 
qiladi. Rivojlangan mamlakatlarda transaksiya xarajatlarining eng katta ulushi 
xo‗jalik aloqalari sub‘yektlari sonining o‗sishi, demak, ular tomonidan amalga 
oshiriladigan transaksiyalar sonining oshishi bilan bog‗liq. O‗tish iqtisodiyotiga 
ega mamlakatlarda esa, transaksiya xarajatlarining yuqori darajada bo‗ishiga yana 
bir sabab – ularda hanuzgacha davlat organlari bilan tadbirkorlik sub‘yektlari 
o‗rtasidagi 
o‗zaro 
hamkorlik 
mexanizmi 
puxta 
ishlab 
chiqilmagan. 
Rivojlanayotgan mamlakatlarda muammo shundan iboratki, davlatning sud va 
huquqni muhofaza qilish xarajatlarining asosiy qismi iqtisodiy sub‘ektning 
zimmasiga tushadi. Bundan tashqari, transaksiya xarajatlarining tarkibiga muayyan 
mahsulotni sotish bozorlarining o‗ziga xos xususiyatlari katta ta‘sir ko‗rsatadi. 
Xorijiy manbalar ma‘lumotlariga ko‗ra, AQSh YaMMda xususiy sektor 
tomonidan ko‗rsatiladigan transaksiya xizmatlarining ulushi 1870 yilgi 23 foizdan 
1970 yilda 41 foizgacha, davlat tomonidan ko‗rsatiladigan transaksiya 
xizmatlarining ulushi 1870 yilgi 3,6 foizdan 1970 yilda 13,9 foizgacha oshgan, bu 
umumiy ko‗rinishda 26,1 foizdan 54,7 foizgacha o‗sishni tashkil qiladi. Yuz yil 
mobaynida ushbu o‗sish qismi transaksiya xarajatlarining nobozor sohadan bozor 
sohasiga tomon siljishini aks ettirdi, lekin uning boshqa qismi esa resurslarning 
real investitsiya qilinishini namoyon etdi. 
Jahon amaliyotida transaksiya xarajatlarini kamaytirishga qaratilgan 
maqsadida kichik va o‗rta biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishini tartibga 


116 
solish va qo‗llab-quvatlash ko‗plab mamlakatlarda davlat iqtisodiy siyosatining 
muhim yo‗nalishi hisoblanadi. Ayrim olimlarning fikricha, jahon amaliyotida 
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishini davlat tomnidan qo‗llab-
quvvatlash uch turdagi modellar orqali amalga oshiriladi
1

Birinchi model proteksionistik g‗oyaga asoslanib, unda rivojlangan 
davlatlarda kichik biznesni qo‗llab-quvvatlashning maqsadli dasturlarini amalga 
oshirishda o‗z ifodasini topadi. Masalan, Amerika Qo‗shma Shtatlarida kichik 
biznesni 
qo‗llab-quvvatlash 
―Kichik 
biznesda 
innovatsion 
tadqiqotlar 
dasturi‖(SBIR) va ―Kichik biznes texnologiyalari transferti dasturi‖ (STTR) kabi 
dasturlar orqali amalga oshiriladi. Ikkinchi model aksincha, erkin tadbirkorlikka 
asoslangan modeldir. Bunga misol tariqasida Fransiyada kichik biznesni qo‗llab-
quvvatlashga yo‗naltirilgan yirik ko‗lamli dasturlar qabul qilinmasligini ko‗rsatish 
mumkin. Uchinchi kombinatsiyalashgan modelda yuqorida ko‗rsatilgan ikkala 
model birlashgan holda amal qiladi. Jumladan, Buyuk Britaniyada shunday 
yondashuvni kuzatish mumkin. Ushbu yondashuvda davlat darajasida e‘lon 
qilingan kichik biznesni qo‗llab-quvvatlash chora-tadbirlari erkin tadbirkorlik 
asosida amalga oshiriladi
2

Ko‗pgina mamlakatlarda kichik korxonalar faoliyatini tartibga solishga umumiy 
yondashishlar va asosiy yo‗nalishlar xosdir. Ularga quyidagilar kiradi: 
- kichik biznesni qo‗llab-quvvatlashga yo‗naltirilgan maxsus qonunlarni qabul 
qilish; 
- korxonalar faoliyatining umumiy va xususiy tomonlarini (masalan, kichik 
firmalarda boshqaruv usullarini) takomillash-tirishni, biznes bilan shug‗ullanishni 
istayottanlarga moliyaviy yordam ko‗rsatishni, kichik biznesni rivojlantirishni 
ko‗zda tutuvchi ma‘lum maqsadga qaratilgan davlat rejalarini ishlab chiqish; 
1
Колесникова Л. Порядок для хаоса: государство и предпринимательство в переходной 
экономике.-М., 2001.-С.77; Муродова Н.Қ. Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорликни 
давлат томонидан қўллаб-қувватлашнинг назарий асосларини такомиллаштириш. 
Докторлик дисс. Автореферати.-Т., 2016.-С.15.
2
Қаранг: Муродова Н.Қ. Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорликни давлат томонидан 
қўллаб-қувватлашнинг назарий асосларини такомиллаштириш. Докторлик дисс. 
Автореферати.-Т., 2016.-С.15. 


117 
- kichik biznesni qo‗llab-quvvatlashning tarkibiy-tashkiliy xizmatlarini tashkil 
qilish; 
- kichik bizneslarga davlatning moliyaviy yordam ko‗rsatishi (Italiyada kichik 
firmalar ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruk-torlik ishlarini moliyalashtirishga katta 
mablag‗lar ajratiladi); 
- kichik biznesni kafolatlash va imtiyozli kreditlashtirish firmalarini tashkil 
qilish (Angliyada kichik korxonalarni moliyalashtirishni ta‘minlovchi maxsus 
firmalar bor, buning ustiga davlat qarzlarining 70% ni kafolatlaydi); 
- kichik korxonalar faoliyatini imtiyozli soliqqa tortishni keng tarqatish 
(masalan, Fransiyada har yili 10000 ga yaqin korxonalar to‗liq yoki qisman soliq 
to‗lashdan ozod qilinadilar)
1

AQShda 1953 yildayoq butun mamlakat bo‗yicha vakillarning keng tarmog‗iga 
ega kichik biznes ishlari bo‗yicha ma‘muriyat tashkil qilingan edi, unda 4 ming 
xodimlar xizmat qiladi. Bu tashkilot faoliyatining asosiy yo‗nalishi shaxsiy ishni 
ochish va olib borishda yordam berish, kichik biznesga kreditlar va kafolatlangan 
qarzlar berishdan iborat. Kichik korxonalarga ko‗pchilik yarim hukumat 
tashkilotlari yordam ko‗rsatadilar: xizmatlar savdosi sohasidagi siyosat bo‗yicha 
qo‗mita, Prezident xuzuridagi xususiy tadbirkorlik muammolari bo‗yicha max-sus 
komissiya, sanoat raqobatbardoshligi masalalari bo‗yicha komissiya va boshqalar. 
Ko‗p sonli jamoatchilik tashkilotlari – savdo palatasi, sanoatchilarning milliy 
assotsiatsiyasi, savdo, qishloq xo‗jaligidagi har xil assotsiatsiyalar, klublar, guruhlar va 
hokazolar kichik biznesni qo‗llab-quvvatlashga yordam ko‗rsatadilar. AQShda kichik 
korxonalar soliq imtiyozlaridan foydalanmaydi, ammo subsidiyalar, dotatsiyalar, 
moliyaviy kafolatlar bilan qo‗llab-quvvatlanadilar. 
Yaponiyada kichik korxonalarni qo‗llab-quvvatlashda kichik biznes bo‗yicha 
boshqarma, Kichik va o‗rta tadbirkorlikni rivojlantirish bo‗yicha davlat 
korporatsiyasi, moliyalashtirish bo‗yicha milliy korporatsiya, Kichik va o‗rta 
tadbirkorlik assotsiatsiyalarining butun yapon federatsiyasi, Kichik va o‗rta 
1
Абулқосимов Ҳ.П. Иқтисодиѐтни давлат томонидан тартибга солиш. Ўқув қўлланма.-
Т.:Ноширлик ѐғдуси, 2018.-


118 
tadbirkorlikni butun yapon markazi va boshqalar faoliyat yuritadilar. Bulardan 
tashqari unga yaqin maxsus banklar Kichik va o‗rta tadbirkorlikni kreditlashga 
xizmat qiladi. Davlat qo‗llab-quvvatlashi o‗z ichiga quyidagilarni oladi: imtiyozli 
soliqqa tortish, jadallashtirilgan amortizatsiya, imtiyozli kredit-lashtirish, xodimlarni 
o‗qitishda yordam, bankrotlik holida yordam ko‗rsatish, KO‗Kning texnik darajasi 
o‗sishini rag‗batlantirish. Prefekturalarda harakat qiluvchi 500dan ortiq savdo-sanoat 
palatalari va ularning filiallari kichik korxonalarga maslahat, moliya, ta‘lim 
yordamini ko‗rsatadilar. Kichik biznesni qo‗llab-quvvatlashning maxsus fondi, xalq 
fondi hamda moliyaviy korporatsiya davlatning kichik va o‗rta tadbirkorlikni
qo‗llab-quvvatlashning moliyaviy bazasini tashkil qiladilar
1

O‗zbekistonda transaksiya xizmatlari davlat va nodavlat sektorlari 
takshilotlari tomonidan olib boriladi. O‗zbekistonda kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikning rivojlanishini davlat tomonidan qo‗llab-quvvatlash va tartibga 
solish jahon amaliyotidan kelib chiqib va respublikamizga xos xususiyatlarni 
hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Respublikamizda kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikni rivojlanishi davlat tomonidan bevosita, bilvosita va tashqi iqtisodiy 
dastaklar asosida tartibga solinadi. Bunda bevosita ta‘sir qilish usullariga qonun va 
boshqa huquqiy-me‘yoriy hujjatlar qabul qilish asosida ularning faoliyat yuritishi 
qoidalarini yaratish kiradi. 
Davlat tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni bilvosita ta‘sir 
qilish usullariga iqtisodiy dastaklar hamda davlat imtiyozlari orqali ta‘sir ko‗rsatish 
kiradi. Iqtisodiy vosita, dastaklar orqali tartibga solish o‗z ichiga soliq tizimi , 
davlat budjeti, pul-kredit tizimlari hamda narx orqali tartibga solishni oladi. Davlat 
imtiyozlariga qisman yoki to‗liq soliqdan ozod qilish, subsiyadiyalar berish, kredit 
va bojxona imtiyozlari va boshqa imtiyozlar kiradi. Tashqi iqtisodiy usullarga 
tadbirkorlarga qo‗shma korxonalar tuzish, o‗z mahsulotlarini eksport qilishga 
ko‗maklashish va boshqalar kiradi
2
.
1
Абулқосимов Ҳ.П. Иқтисодиѐтни давлат томонидан тартибга солиш. Ўқув қўлланма.-
Т.:Ноширлик ѐғдуси, 2018.-
2
Қаранг: Арипов О. Ўзбекистонда кичик бизнес ва хусусий тадбиркорликни давлат 
томонидан тартибга солиш. –Т.:‖Фан‖, 2012.-29-30-бетлар 


119 
Tahlillar shuni ko‗rsatadiki, tadbirkorga turli transaksiya xizmatlarini 
ko‗rsatish, ayniqsa ularning o‗z ishlarini ochish bilan bog‗liq xarajatlar ushbu 
sohada xizmat ko‗rsatuvchi davlat sektori tuzilmalari zimmasiga to‗g‗ri keladi. 
Shularni inobatga olib, mamlakatimizda Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga 
qarshi chora-tadbirlar dasturi doirasida tadbirkorlarga ruxsat berish bilan bog‗liq 
amalda bo‗lgan transaksiya xarajatlari (to‗lov miqdori) qisqartirildi va ular 
optimallashtirildi. 
O‗zbekistonda davlat tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni 
qo‗llab-quvvatlash tizimi yaratilgan bo‗lib, u o‗z ichiga quidagilarni oladi: 
• 
KBXT sub‘yektlarini ro‗yxatga olish va tugatish tizimi; 
• 
Soliq imtiyozlari tizimi; 
• 
Imtiyozli kreditlash tizimi; 
• 
Bojxona imtiyozlari; 
• 
Davlat xarid tizimi; 
• 
Kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi; 
• 
KBXT faoliyati zrkinliklari va kafolatlarini xuquqiy himoyalash tizimi; 
• 
Sug‗urtalash tizim; 
• 
Xorijiy investitsiya jalb etish tizimi; 
• 
Axborot bilan ta‘minlash, konsultativ- huquqiy ko‗mak berish tizimi; 
• 
Moddiy - texnika, xom ashyo va xizmatlar ta‘minoti tizimi; 
• 
Tashqi iqtisodiy faoliyatni rag‗batlantirish tizimi
1


Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin