110
va shu kabi boshqa institutlarni tashkil etish bilan bog‗liq xarajatlar shular
jumlasiga kiradi.
Transformatsiya va transaksiya xarajatlari o‗rtasida farq mavjud bo‗lishiga
qaramay, ushbu xarajatlar o‗zaro uzviy bog‗langan. T.Eggertsson tomonidan
ifodalangan quyidagi fikr uning mohiyatini ochib beradi: agar
transaksiya
xarajatlari katta bo‗lmasa, u holda iqtisodiyot undagi mavjud siyosiy va boshqa
institutlar to‗plamidan qat‘i nazar hamma vaqt optimal yo‗nalish bo‗yicha
rivojlanadi. Ya‘ni institutsional tizim faoliyat ko‗rsatishining transaksiya
xarajatlari katta bo‗lmaganda har qanday o‗zgarishlarga yuqori transformatsiya
xarajatlarining tahdidi to‗sqinlik qiladi, texnik taraqqiyot va (jismoniy va inson)
kapitalni jamg‗arish esa avtomatik tarzda iqtisodiy o‗sishni ta‘minlaydi.
Ta‘kidlash lozimki, institutsional tizimni o‗zgartirish nafaqat transformatsiya
xarajatlarining o‗sishiga, balki ilgarigi tizimda mavjud bo‗lmagan bir qator
transaksiya xarajatlarining paydo bo‗lishiga ham olib keladi.
Yuqorida aytilganlarning barchasi ko‗p jihatdan samarasiz institutlarning
uzoq vaqt mavjud bo‗lishini va iqtisodiy tashkilot turg‗un shakllarining faoliyat
ko‗rsatishini ham izohlaydi.
O‗zgarishlarga to‗sqinlik qiluvchi asosiy kuchlar D.Nort
tomonidan ham
ko‗rib chiqilgan. Ular jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
1)
davlat – agar bu g‗azna daromadlari bilan xarajatlari o‗rasidagi farqni
kamaytirishga yordam bersa;
2)
o‗zining shaxsiy manfaatlarini ko‗zlovchi nufuzli guruhlar;
3)
jamiyatning uning avvalgi rivojlanish yo‗nalishiga bog‗liqligini
belgilab beruvchi institutsional matritsa.
O‗z navbatida, yuqori transformatsiya xarajatlari, yuzaga kelgan
institutsional tizimning samaradorligidan qat‘i nazar, uning o‗ziga xos
barqarorlashtiruvchisi hisoblanadi.
Yanada samarali institutsional qoidalarning joriy etilishi va institutlarning
tashkil etilishi katta miqdordagi transformatsiya xarajatlari bilan bog‗liq,
biroq
111
yangi institutlardan (transaksiya xarajatlarini tejashdan) keladigan samara ancha
katta bo‗lishi mumkin.
Islohotlarga sarflangan mablag‗lar oddiy investitsiyalarga qaraganda katta
xatarlar bilan bog‗liq bo‗lishiga qaramay yangi institutlarning ko‗proq
samaradorligini kutish, shuningdek boshqa mamlakatlar tajribasi institutlarni
import qiluvchi islohotchilarni harakatga keltiradi.
Bunday o‗zgarishlarni transformatsiya xarajatlarining yuqori darajasiga ega
bo‗lgan o‗tish iqtisodiyotida ham kuzatish mumkin. O‗tish
iqtisodiyotida
transformatsiya xarajatlariga quyidagi omillar ta‘sir ko‗rsatadi:
1.
Dostları ilə paylaş: