MAVZUGA DOIR TAYАNCh IBORALAR Institutsional iqtisodiyot – bu iqtisodiy nazariya va xo‗jalik amaliyotini
institutsional o‗zgarishlarning o‗zaro bog‗liqligida o‗rganuvchi zamonaviy
iqtisodiy fikrlarning ilmiy yo‗nalishlaridan biridir.
Institutsionallashtirish – individlar o‗rtasidagi munosabatlarda jamiyat
a‘zolarining katta qismi tomonidan foydalaniladigan muayyan qoidalar yoki
normalarni mustahkamlash.
Institutsional vakuum – bu ilgarigi xo‗jalik tizimini boshqarish
mexanizmining tugatilishi va yangi mexanizmning mavjud emasligi tufayli
institutsional tizimda eng kam transaksiya xarajatlariga ega bitimlarning amalga
oshirilishini qo‗llab-quvvatlashga qodir bo‗lgan rasmiy institutlarning mavjud
emasligi yoki Еtishmasligi.
Institutsional nizo – rasmiy va norasmiy qoidalar o‗rtasidagi nomuvofiqlik
natijasi. Bir holatda, institutsional nizo istiqbolsiz institutlarning paydo bo‗lishiga,
boshqa holatda esa samarasiz bo‗lsa-da barqaror hosilalar – institutsional
tuzoqlarning paydo bo‗lishiga olib keladi.
Institutsional texnologiya – bu institutlarni joriy etish (import qilish),
shuningdek iqtisodiy tizim faoliyat ko‗rsatishi transaksiya xarajatlarining
pasayishiga olib kelishga va iqtisodiy o‗sishni ta‘minlashga qodir bo‗lgan yangi
institutlarni ishlab chiqish (etishtirish) bilan bog‗liq texnologiya.
Institutsional tuzoq – o‗zini o‗zi qo‗llab-quvvatlovchi xususiyatga ega
bo‗lgan samarasiz barqaror norma (samarasiz institut).
Iqtisodiy resurslar – ishlab chiqarishda foydalaniladigan omillar yoki ishlab
chiqarish omillari.
Iqtisodiy o„sish – ishlab chiqarishda foydalaniladigan resurslar miqdorini
oshirish yoki texnologiyani takomillashtirish orqali jamiyatning ishlab chiqarish
imkoniyatlarini kengaytirish.