Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot


-rasm.O„yinlar nazariyasining asosiy taxminlar



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

1.4.1-rasm.O„yinlar nazariyasining asosiy taxminlar. 
Aynan o‗yinlar nazariyasi yangi institutsional iqtisodiyot modellarining tilini 
shakllantirdi. O‗yinlar nazariyasi quyidagi taxminlarga asoslanadi:
a) bir necha muvozanat nuqtalari mavjud bo‗lishi mumkin;
b) muvozanat nuqtalari Pareto bo‗yicha optimum nuqtalariga mos kelishi 
shart emas; 
v) muvozanat umuman mavjud bo‗lmasligi mumkin.
 
Institutsional iqtisodiyot rivojlanishidagi ikkinchi bosqich 
o‘yinlar nazariyasi (J. fon Neyman, O. Morgenshtern, J. 
Nesh)ning neoklassikdagi umumiy muvozanat modeliga 
nisbatan bildirgan tanqidiy hulosasi bilan boshlandi 
Aynan o‘yinlar nazariyasi yangi institutsional iqtisodiyot 
modellarining tilini shakllantirdi. O‘yinlar nazariyasi quyidagi 
tahminlarga asoslanadi: 
Bir necha nuqtalari 
mavjud bo‘lishi 
mumkin 
Muvozanat nuqtalari 
Pareto bo‘yicha 
optimumnuqtalariga 
mos kelishi shart emas 
Muvozanat umuman 
bo‘lmasligi mumkin 


27 
Xulosa 
XIX asr oxiri va XX asrning boshlarida bozor iqtisodiyoti munosabatlarining 
jadal rivojlanishi barobarida iqtisodiy tadqiqotlar ko‗lami yanada kengaydi va 
chuqurlashdi. Bu bilan hozirgi zamon iqtisodiy ta‘limotlarining yirik yo‗nalishlari 
shakllandi. Ular uch yo‗nalishdan iborat: neoklassika, institutsionalizm va 
keynschilik. Klassik nazariyaning marjinal yondashuv bilan kengayishi neoklassik 
nazariya sifatida namoyon bo‗ldi. 
Institutsionalizmning tadqiqot markazida institutlar – insonlar tomonidan 
barpo etiladigan va o‗zaro hamkorlikni tarkiblovchi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy 
me‘yorlar va qoidalar turadi. Institutsional nazariya qoidalari neoklassik 
yondashuvga nisbatan yangi nazariya bo‗lib, u bozor munosabatlari tahlilining 
yangi sohasidir. Individlar va institutlarning o‗zaro bog‗liqligini tahlil qilishda 
metodologik individualizm va xolizm metodologiyasidan foydalaniladi. Ular 
institutlar yoki individlarning birlamchiligi nuqtai nazaridan bir-biridan farq 
qiladi. 
Institutsional 
iqtisodiyot 
rivojlanishida 
o‗zaro o‗xshash nomdagi
neoinstiutsional hamda yangi institutsional bosqichlardan iborat. Birinchi 
bosqichda mulkchilik huquqlari (R.Kouz, R.Pozner, S.Peyovich), optimal 
shartnoma, konstitutsiyaviy iqtisodiyot (V.Vanberg), ijtimoiy tanlov (J.Byukenen, 
G.Tallok), transaksiya xarajatlari (R.Kouz, O.Uilyamson), axborot (J.Stigler) 
nazariyalari, ikkinchi bosqichga
o‗yinlar nazariyasi
(J. fon Neyman
O.Morgenshtern, J.Nesh), G.Saymonning to‗liqsiz ratsionallik nazariyasi 
kiritilgan. D.Nort tadqiqotlarida individlarning institutsional doiralarni 
o‗zgartirishga qodirligi ta‘kidlanadi. 
Yangi institutsional iqtisodiyotning eng yoyiq ko‗rinishdagi dasturi 
kelishuvlar iqtisodiyoti 
(L.Tevano, O.Favro, A.Orlean, R.BuaЕ)dir. Uni tahlil 
qilish markazida kelishuvlar turadi. Kelishuvlar individlar o‗rtasidagi o‗zaro 
hamkorlikning umumiy doiralari sifatida qabul qilinadi.


28 

Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin