341
oshadi. MChJda kapitalni jamg‗arish jarayoni, yuqori transaksiya xarajatlari bilan
bog‗liq bo‗lmasa-da (ustav kapitalini oshirish uchun umumiy yig‗ilishning qarori
Еtarli), MChJ ishtirokchilarining eng ko‗p soni qonun bilan cheklanganligi tufayli,
chegaralarga ega.
Yuqorida taklif etilgan mezonlar yordamida O‗zbekiston Respublikasining
qonun hujjatlariga muvofiq faoliyat yuritayotgan mulkchilikning o‗n bitta
tashkiliy-huquqiy shakllarni taqqoslaymiz. Ushbu mezonlar bo‗yicha eng optimal
tashkiy-huquqiy shaklni bir ball bilan, eng past optimallik shaklni esa o‗n bir ball
bilan qayd etgan holda tashkiliy-huquqiy shakllarni oltita mezonning har biri
bo‗yicha ko‗rib chiqamiz (12.2.1-jadval). Bunday ekspert baholari shartli bo‗lgani
holda, ular ochiq aksiyadorlik jamiyati (OAJ) (kamida 19 ball) va xususiy korxona
(dehqon va fermer xo‗jaliklari) (25-28 ball)ning ustunliklarini hamda tezkor
boshqaruv huquqiga (ko‗pi bilan 54 ball) va xo‗jalik yuritish huquqiga ega bo‗lgan
(52 ball) unitar korxonalarning samarasizligini tasdiqlab turibdi.
Dostları ilə paylaş: