Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot


MAVZUGA DOIR MUHOKAMA UCHUN SAVOLLAR



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

MAVZUGA DOIR MUHOKAMA UCHUN SAVOLLAR 
1.
Agar buyruqbozlik iqtisodiyoti hatto surunkali taqchillik mavjud bo‗lganda 
ham barqaror tizimni o‗zida namoyon etgan bo‗lsa, u holda o‗tish 
iqtisodiyotining tub beqarorligining sabablari nimada? 
2.
Bozor konstitutsiyasi deganda nimani tushunasiz? 
3.
Buyruqbozlik iqtisodiyoti konstitutsiyasida qo‗llaniladigan normalarning 
tarkibiy tuzilishi yuzasidan fikringiz? 
4.
Bozor konstitutsiyasi o‗z ichiga qanday normalarni oladi? 
5.
Buyruqbozlik iqtisodiyotining normalar qanday unsurlarni o‗z ichiga oladi? 
6.
Buyruqbozlik iqtisodiyotining unsuri hisoblangan utilitarizm normasi 
utilitarizmning bozor normasidan qanday farq qiladi? 


101 
7.
Iqtisodiyot konstitutsiyasi deganda nimani tushunasiz va unga misollar 
keltiring? 
8.
Iqtisodiyot konstitutsiyasi tushunchasining mohiyatini sharhlang. 
9.
―Sen – menga, men – senga‖ buyruqbozlik iqtisodiyotining normasini 
tushuntirib bering? Bunda qanday fikrlar ilgari surilgan. 
10.
Utilitarizm bilan empatiyani bir biridan farqini tushuntirib bering? 


102 
V BOB. TRANSAKSIYА VA TRANSFORMASIYa
XARAJATLARI HAMDA ULARNI TAHLIL QILIShGA
NISBATAN YoNDAShUVLAR 
 
5.1. Transaksiya xarajatlari va ularni tahlil qilishga nisbatan Kouz-
Uilyamson yondashuvi
5.2. Transformatsiya xarajatlari va ularni tahlil qilishga nisbatan Nort 
yondashuvi 
5.3. Transaksiya xarajatlarini optimallashtirish tajribasi va uning 
O„zbekistondagi xususiyatlari 
 
Tadbirkorlik faoliyatini yurituvchi iqtisodiyot sub‘yektlari (yuridik va 
jismoniy shaxslar) faoliyati jarayonida mulkchilik huquqni almashishi 
(shartnomalar asosida mahsulotni sotish yoki sotib olish va shu kabi boshqa 
holatlarda), boshqa shaxslar tomonidan mulkga nisbatan noqonuniy xatti-
harakatlar sodir etilgan sharoitlarda uni himoya qilish yoki iqtisodiy islohotlar 
jarayonida avval faoliyat yuritib turgan institutlarni va normalarni yangilari bilan 
almashtirish zaruriyati yuzaga keladi. Shunday vaziyatlarda tadbirkor yoki davlat 
tomonidan turli xarajatlar qilishiga zarurat paydo bo‗ladi. Bunday xarajatlar xorijiy 
manbalarda ―transaksiya xarajatlari‖ tushunchasi bilan yuritiladi va u institutsional 
iqtisodiyot nazariyasining tarkibiy qismlaridan biri sifatida institutlar bilan bir 
qatorda uning kategoriyasi hisoblanadi. 
Transaksiya xarajatlari tushunchasi bilan bir qatorda transformatsiya 
xarajatlari tushunchasi ham mavjud bo‗lib, ushbu tushunchalarni to‗g‗ri anglab 
Еtish ularni tahlil qilish uchun muhim ahamiyatga ega. 

Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin