Qiyosiy tahlil obyektlari tabiiy, ijtimoiy va ma’naviy ob-
yektlarga bo‘linadi. Ushbu uchta nisbatan mustaqil hodisa lar
guruhlari bir-biriga uyg‘un bog‘langan. Aynan ular bir bu
tunlikda inson yashaydigan muhitni shakllantiradi va badiiy
adabiyotda obraz shaklida o‘z ifodasini topadi.
Tabiat hodisalarining nisbatan mustaqilligiga qaramay,
ular odamlarning ijtimoiy hayotiga jalb qilinganidan keyin
gina qiyoslash obyektlariga aylanadi. Boshqacha aytganda,
tabiat hodisalarining qiyosiy tahlili bilan odamlar shug‘ullan
gani bois ular o‘z manfaati va qarashlaridan kelib chiqib, unga
o‘zlarining ijtimoiy xususiyatlarini singdiradilar. Buning nati
jasida tabiat hodisalarining qiyosiy tahlili ma’lum darajada ij
timoiylashadi. Shunday qilib, ijtimoiy omillar ta’sirisiz tabiat
hodisalarini qiyoslash mexanizmi mavjud bo‘la olmaydi.
Qiyosiy tahlil obyektlarining ikkinchi guruhini
ijtimoiy ho di- salar tashkil etadi. Ularning qiyoslash metodi o‘z xususiyat lariga
ega. Bunda tahlil maydoni kengayadi, qiyosiy tahlil ko‘r sat-
kichlari soni ortadi. Sababi, bu o‘rinda ijtimoiy taraqqiyot qo-
nunlari, ijtimoiy munosabatlarning barcha guruhlari: iqtiso diy,
siyosiy, ma’naviy-g‘oyaviy, huquqiy, ilmiy-texnik, axborot, har-
biy, ekologiya va boshqa ko‘plab munosabatlar e’tiborga olinadi.
Ma’naviy-g‘oyaviy masalalar qiyosiy tahlil obyektlarining
uchinchi guruhini tashkil etadi. Bu jarayon ma’naviy-g‘oyaviy
soha obyektlarini qiyosiy tahlil qilish bilan bog‘liq.
Demak, badiiy adabiyotda mavjud tabiiy, ijtimoiy va ma’-
naviy-g‘oyaviy hodisalar – qiyosiy tahlil obyektlaridir. Ammo
bu obyektlar o‘ziga xos bo‘lib, ular o‘zining bir qator xususi
yatlarini hisobga olishni talab qiladi.