Agrobiotexnologiya fanidan laboratoriya ishlarini bajarish uchun


(avtoklavlash), pog‘onali sterillash (tindallash), qaynatish



Yüklə 1,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/55
tarix26.11.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#135191
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   55
Agrobiotexnologiya lab yangi

(avtoklavlash), pog‘onali sterillash (tindallash), qaynatish.
Sovuq sterillashdan 
filtrlash, gaz hosil qiluvchi moddalar bilan sterillash, ultrabinafsha nurini ta’sir ettirish 
va boshqalardan foydalaniladi. 
Sterillash usullarini tanlashda olingan ob’yektning fizik-kimyoviy xususiyati va 
tadqiqotning oldiga qo‘ygan maqsadi e’tiborga olinadi. 
Sterillash
- mikroorganizmlar va ularning turli materiallardagi sporalarining 
to‘liq yo‘q qilishdir. Sterillash bir necha usullar yordamida: fizik (yuqori harorat, 
ultrabinafsha nuri bilan), mexanik (mikroorganizm hujayralarini filtrda ushlab qolish) 
va kimyoviy usullar bilan amalga oshiriladi. 
Fizik usullar bilan sterillash
Spirt lampasi yoki gaz alangasida kuydirish
. Bu usulda asosan 
mikrobiologik 
ilgak, preparat ninasi, pinsetlarni sterillash
uchun foydalaniladi. Bu usul bevosita ish 
boshlaganda amalga oshiriladi, asosan bakterial ilgakning ilgak qismi, metall buyumlar 
(pinset, qaychi, lanset pichoq), shisha tayoqcha, buyum va qoplag‘ich oyna va boshqalar 
sterillanadi. 
Qaynatish yo‘li bilan sterillash
. Bu usul bilan mikrobiologik laboratoriyada 
ishlatiladigan shisha va temir buyumlar sterillanadi. Ular sterilizatorlarga solinadi va 
ustidan suv quyiladi. Suvni yumshatish va qaynash temperaturasini oshirish uchun 
biokarbonat natriyning 1-2% li
eritmasi qo‘shiladi. So‘ng 30 daqiqa davomida 
qaynatiladi. Ammo bu usul to‘liq sterillash imkonini bermaydi, chunki ayrim viruslar va 
bakteriyalarning sporalari yashash qobiliyatlarini saqlab qolishi mumkin. 
Quruq issiqda sterillash.
Quruq issiq bilan sterillash uchun quritish shkafidan 
foydalaniladi, Bu shkafda narsalar 
160-170ºС
haroratda ikki soat saqlanadi. Asosan 
shisha idishlar (Petri likobchalar, pipetkalar) qog‘ozga o‘rab quruq issiq bilan 
sterillanadi, shunday qilinsa ularning sirtiga havodan mikroorganizmlar yuqmaydi. 
Barcha mikroorganizmlarni quruq issiq bilan o‘ldirish uchun harorat nam 
sterilizatsiyaga qaraganda yuqoriroq bo‘lishi va uzoqroq saqlanishi kerak. Sababi, quruq 
issiq bilan sterillanganda mikroorganizm hujayralaridagi suv asta-sekin bug‘lanib 
chiqadi. Mikroorganizm hujayrasida suv qancha kam bo‘lsa, uni nobud qilish uchun 
shuncha yuqori harorat kerak bo‘ladi. 



Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin