O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
QARSHI MUHANDISLIK-IQTISODIYOT INSTITUTI
“Qishloq xo
‘
jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki
ishlash texnologiyasi”
kafedrasi
AGROBIOTEXNOLOGIYA FANIDAN
LABORATORIYA ISHLARINI BAJARISH UCHUN
USLUBIY KO
‘
RSATMA
Qarshi-2023
Tuzuvchilar:
B.Jananov
O. Qurbonova
G.O‘rinova
Taqrizchilar:
M.Azimova. “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini
saqlash va dastlabki ishlash kafedrasi” dotsenti
q.x.f.f.n.
G.Safarova.
Umumiy
kimyo
kafedrasi
v.b.dotsenti.
Uslubiy “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash”
kafedrasi yig‘ilishida (Bayon №__ “___”______ 2023 y), Sanoat texnalogiya
fakulteti uslubiy komissiyasida (Bayon №___ “___”______2023 y), Institut
Uslubiy Kengashida (Bayon №___“___”_______2023 y) muhokama etilgan va
o‘quv jarayonida foydalanishga tavsiya etilgan.
Annotatsiya
Mazkur laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish uchun uslubiy ko‘rsatma
5410500-“Qishloq xojalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash kafedrasi”
yo‘nalishlari
bo‘yicha
bakalavrlar
tayyorlash
o‘quv
rejasiga
ko‘ra
“Agrobiotexnologiya” fani bo‘yicha tuzilgan namunaviy dastur asosida
tayyorlangan.
1-LABORATORIYA MASHG
‘
ULOTI.
MIKROSKOPNING TUZILISHI VA MIKROSKOP BILAN ISHLASH
QOIDALARI
Lyuminessent yoki flyuoressent mikroskopda ko‘rish
.
Lyuminessensiya - moddalarga qandaydir energiya manbai ta’sir qilganda ularda
yorug‘lik tarqaladi. Bularga yorug‘lik, elektron nurlari, ionlashtiruvchilar kiradi.
Fotolyuminessenssiyada
ob’yektning ta’sirida lyuminessensiya qilinishidir.
Lyuminessensiya qisqa to‘lqinli nurlar yordamida hosil bo‘ladi. Agar lyuminessensiya
qilinadigan ob’yektga ko‘k yorug‘lik yuborilsa, u qizil, to‘q sariq, sariq yoki yashil
ranglarni tarqatadi. Natijada ob’yekt rangli ko‘rinadi.
Birlamchi lyuminessensiya ob’yekt oldindan bo‘yalmasa ham kuzatiladi.
Ikkilamchi lyuminessensiya esa, preparatni maxsus lyuminessent bo‘yoqlar-
flyuoraxmalar bilan bo‘yalganda hosil bo‘ladi. Lyuminessent mikroskopiya boshqa
usullarga nisbatan bir muncha afzalliklarga ega: tirik mikroorganizmlarni tekshirish va
tekshirilayotgan materiallarda juda kam miqdorda bo‘lsa ham ularni topish.
Laboratoriya amaliyotida ko‘pchilik mikroorganizmlarni aniqlash va o‘rganish
uchun lyuminessent mikroskoplardan keng foydalaniladi.
Elektron mikroskopda ko‘rish
. Elektron mikroskop yordamida yorug‘lik
mikroskopi bilan ko‘rib bo‘lmaydigan (0,2 mkm) kichik ob’yektlar ko‘riladi. Elektron
mikroskop viruslar, mikoplazmalar, turli mikroorganizmlarning nozik tuzilishi,
makromolekulyar birikmalari va boshqa submikroskopik ob’yektlarni o‘rganish uchun
qo‘llaniladi. Bunday mikroskoplarda yorug‘lik nurlarini elektron oqimlari egallaydi.
Ushbu elektron oqimlarining to‘lqin uzunligi 0,005 nm bo‘lib, deyarli ko‘rinadigan
yorug‘lik to‘lqinlarining uzunligidan 100 000 marta kalta. Elektron mikroskopining eng
kuchli ko‘rsata olish imkoniyati amalda 0,1 - 0,2 n bo‘lib, umuman 1000 000
martagacha katta qilib ko‘rsatadi.
«Nur tarqatuvchi» elektron asboblar bilan bir qatorda skanirlaydigan elektron
mikroskoplardan ham foydalaniladi. Ular ob’yekt relyefini yaxshi ko‘rsatadi. Ammo bu
mikroskopning katta qilib ko‘rsatish imkoniyati «nur tarqatuvchi» elektron
mikroskopnikidan kam.
Dostları ilə paylaş: |