Fonetik akustika Fonetik akustika nutq tovushlarining fizik xususiyatlarini tekshiradigan sohadir. Akustik jihatdan har qanday tovush havo
oqimining tebranishi va bu tebranishning quloqqa eshitilishidir. Nutq tovushlari esa o`pkadan kelayotgan havo oqimining un paychalari tebranishidan hosil bo`ladigan ovoz va nutq organlarida hosil bo`ladigan shovqinning quloqqa eshitilishidir. Nutq tovushlari akustikasida ko`yidagilar farqlanadi:
1. Nutq tovushlarining balandligi yoki pastligi ma’lum vaqt ichida un paychalarining tebranish miqdoriga ko`ra har xil chiqishidir: un paychalari ko`p tebransa, tovush baland bo`ladi, aksincha, un paychalari kam tebransa, tovush past chiqadi.
2. Nutq tovushlarining kuchi ma’lum kenglikdagi maydondan ma’lum vaqtda o`tadigan energiya miqdoridir. Bu haqda tilshunos olim H.Jamolxonov shunday yozadi: “Tovushning kuchi (intensivligi) - 1 sm2 maydondan 1 sekundda o`tadigan energiya miqdoridir”2 Demak, nutq tovushlarining kuchi un paychalari tebranishi kengligiga bog`liq: tebranish kengligi katta bo`lsa, tovush kuchli chiqadi, bu kenglik kichik bo`lsa, tovush ham kuchsiz chiqadi.
3.Nutq tovushlarining tembri (sifati) – asosiy ton bilan hosil bo`ladi. Tovushlarning tembri og`iz bo`shlig`i va burun bo`shlig`ining hajmi, shakliga, tovush paychalarida shovqinning qanday hosil bo`lishiga bog`liq.
4. Tovushning cho`ziqlik darajasi un paychalarining tebranishi davom etgan vaqt bilan o`lchanadi. Tebranish uzoq davom etsa, tovush cho`ziq; tebranish qisqa davom etsa tovush qisqa bo`ladi.
Nutq tovushlarining artikulyatsiyasi Nutq tovushlarini hosil qilishda ishtirok etadigan organlar nutq a’zolari deb yuritiladi. Artikulyatsiya deganda esa nutq a’zolarining nutq tovushlarini hosil qilishdagi faoliyati anglashiladi.
Nutq a’zolariga quyidagilar kiradi:
1. Nafas apparati: o`pka, bronxlar (bir juft), nafas yo`li (traxeya).
2. Bo`g`iz bo`shlig`ida xalqasimon, piramidasimon, qalqonsimon tog`aylar hamda un paychalari joylashgan.
3. Og`iz bo`shlig`ida til, tanglay (qattiq va yumshoq), kichik til, lab va tishlar joylashgan .