42
yurumәk mang‘a haram turur. Өzumni өzum өltүrүr- men taqы seniң ayaq үchiңdә
yatur-men (Sh. Tar., 56-57).
Shunday qilib,
tur-, yat-, yur-, oltur- holat fe’llarining hozirgi zamon formasi
eski o‘zbek tilida ikki xil yo‘l bilan yasalgan: a) bu fe’llarning
–b affiksli
ravishdosh formasiga
(+turur>r>tur//dur) shaxs-son affikslari qo‘shilishi bilan;
b)
bu fe’llarning
-ur affiksli sifatdosh formasiga shaxs-son affikslari qo‘shilishi bilan.
Bulardan
– b affiksli ravishdosh asosida yasalgan formaning qo‘llanishi asosan XV
asrdan boshlab kuzatiladi,
-ur affiksli sifatdosh asosida yasalgan forma esa, yozma
yodgorliklarning ko‘rsatishicha, eski o‘zbek tili taraqqiyotining hamma davrlarida
iste’molda bo‘lgan.
Shu narsa xarakterliki, boshqa turkiy tillarga oid yodgorliklarda, masalan,
«Kodeks kumanikus», «Kitobi Dada-Qo‘rqud» asarlarida, qadimgi uygur tiliga oid
manbalarda faqat
– ur affiksli sifatdosh orqali yasalgan forma qo‘llangan. Masalan:
Tag‘dыn yыңaqa kөrsәr-men, tөrtә әrklig qan olurur. Qachan chыqtыlar
Yarusalamdan, uch yulduz әkinchi kөrundi, bardы ilgәri aңa dәgri ol әvgә,qayda
Xristos yatыr, …
XI asr yodgorligi «Qutadg‘u bilig»da ham faqat
-ur affiksli sifatdosh orqali
yasalgan forma qo‘llangan:
Әshitti Ilik, aydы: kәldur, qanы,
Qayuda turur, bir kөrәyin annы
Mәn әmdi әv ichra yatur-mәn osal
Ishim barcha tashtыn, ay bilgi tүgәl (QB, 210 a)
Yuqorida qayd qilingan faktlar asosida quyidagicha xulosa chiqarish mumkin:
tur-, yat-, yur-, oltur- holat fe’llarining
-ur affiksi bilan yasalgan
hozirgi zamon
formasi hamma turkiy tillar uchun umumiy bo‘lib, qadimiy formadir.
Shu munosabat bilan «Grammatika altayskogo yazыka» kitobida aytilgan
quyidagi fikr diqqatga sazovordir: «Iz vsex glagolov v altayskom (i kirgizskom)
yazыke, kak nekotoroe isklyuchenie, otlichayutsya sleduyuщie chetыre glagola: jat
«leji», tur «stoy», ottur «sidi». Eti glagolы, osobenno tri pervыe, oznachayut eщe
otvlechenno naxojdenie i takje prebыvanie v deystvii ili sostoyanii. Otlichie ix ot
43
vsex
drugix glagolov sostoit v tom, chto tol’ko oni imeyut samostoyatel’no
obrazovannuyu formu sobstvennonastoyaщego vremeni. Polnaya tyurkskaya forma
(razryadka bizniki.— Sh. Sh.) etogo vremeni oznachennыx chetыrex glagolov est’:
jatыr, turur, oturur t. e. okanchivaetsya na r s predыduщey begloy
ы ili u»
23
Keyinchalik turkiy tillarda bu fe’llarning har xil yo‘llar bilan yasalgan hozirgi
zamon formalari vujudga kelgan. Masalan,
hozir tuva, qozoq, no‘g‘oy va boshqa
ayrim turkiy tillarda
tur-, yur-, oltur- holat fe’llarining
hozirgi zamon formasi bu
fe’llarning negiziga shaxs-son affikslarining bevosita qo‘shilishi bilan hosil
bo‘ladi, ya’ni hozirgi zamon formasining yasalishida bu fe’llar tarkibidan
-ur
affiksi tushib qoladi. Hozirgi turkman tilida holat fe’llarining hozirgi zamon
formasi quyidagicha ikki xil yo‘l bilan yasaladi:
duryar//duur, yatya //yatыыr,
Dostları ilə paylaş: